Shaxsiy rivojlanish

O'qish vaqti: 6 daqiqa

Biznes gʻoya: Oʻzbekistonda “Book club“ ochib foyda olsa boʻladimi?

Biznes gʻoyaning dolzarbligi

Rivojlangan texnologiyalar dunyosida  “Book club” (kitobxonlik klubi)ni ochish bir qarashda foydasizdek tuyulishi mumkin. Ammo bu unday emas: jonli muloqot, umumiy qiziqishlar, yangi tanishlar odamlarni kitobxonlik klublariga tashrif buyurishga jalb qiladi.

Ushbu biznes adabiyotga ishtiyoqmand odamga mos keladi. Kitobxonlik klubini tashkil etish juda oddiy, maxsus koʻnikmalar va katta mablagʻlarni talab qilmaydi.

Xarajat va foyda

Kitobxonlik klubini ochish — sevimli mashgʻulotingizni foydali biznesga aylantirish uchun ajoyib imkoniyat. Tashkil qilish uchun siz suhbatlar va mutolaa uchun qulay joyni topishingiz kerak. Ijara bilan doimiy bino ochish uchun sizga 100000 rubl kerak boʻladi. Daromad toʻgʻridan-toʻgʻri sizning klubingizga tashrif buyuruvchilar soniga bogʻliq.

Dastlabki xarajatlar:

Xarajatlar

Narx

Hujjatlarni rasmiylashtirish

15 $

Kitob zaxirasini yaratish

400 $

Ijara

300 $

Reklama

300 $

Boshqa chiqimlar

100 $

Joy tanlash

Kitobxonlik klubini tashkil qilish uchun joy tanlashda juda koʻp imkoniyatlar mavjud. Masalan, tinch qahvaxona, kovorking markazi zali yoki zalning bir qismini ijaraga olishingiz mumkin. Ofisni doimiy ravishda ijaraga oling yoki xohishingizga koʻra ofis tashkil qiling.

15 kishilik komfort atmosfera uchun 50 kv.m joyni tashkil qiling. Kreslolar oʻrniga siz yumshoq oʻrindiqlar va porolon mebellarni joylashtirishingiz mumkin.

Devor boʻylab kitob javonlarini oʻrnating. “Book crossing” uchun bitta tokchani ajratib qoʻying. Tashrif buyuruvchilar oʻzlari oʻqigan kitoblarini qoldirib, evaziga boshqalarni olishlari mumkin.

Yetkazib beruvchini qanday tanlash kerak?

Asl kutubxonani yigʻish uchun yangi kitoblarni sotib olish kerak emas. Yoki BR_kitob xizmati orqali juda koʻp sonli turli xil adabiyotlarni xarid qiling. Shuningdek, internet orqali yangi kitoblarni oʻqish uchun sharoit yarating. Internet-doʻkonlarda kitoblarning narxi arzonroq va koʻpincha qoʻshimcha chegirmalar va bonuslar taqdim etiladi. Baʼzida siz kitob koʻrgazmasiga borishingiz mumkin. Katta shaharlarda bunday yarmarkalar yil davomida doimiy ravishda tashkillashtiriladi.

Xodimlarni jalb qilish

Kitobxonlik klubini boshlash uchun sizga bir nechta xodim kerak boʻladi. Yordamchilarni qidirishga jiddiy yondoshing: sizga kichik guruh kerak va hamma ishga masʼuliyat va ishtiyoq bilan yondashishi lozim.

Uchrashuv va guruhlarni jalb qilish, reklama berish va tadbirni rejalashtirish uchun sizga yaxshi menejer kerak boʻladi. Xodim doʻstona, faol va kreativ boʻlishi kerak. Muloqotni yaxshi koʻring va tashkiliy masalalarga masʼuliyat bilan yondoshing. Shuningdek, menejerning vazifalariga Telegram va Instagramʼda sahifalarni yuklasangiz boʻladi. Menejerning oʻrtacha ish haqi shahar sharoitida 200 dollarni tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, sizga adabiyotni yaxshi biladigan va munozarani osongina qoʻllab-quvvatlaydigan yigʻilish moderatori kerak. Bundaylarga ham ixtiyoriy mablagʻ tashkil qilsa boʻladi. Agar bepulga ishlashni xohlaydigan shinavandalar chiqib qolsa nur ustiga nur…

Ishtirokchilarni qoʻshimcha jalb qilish uchun tematik suhbatlar oʻtkazing. Tadbirga maʼruzachilarni oʻzaro manfaatli shartlarda taklif qilishingiz mumkin. Masalan, ular tajriba orttirish uchun nutqlarga muhtoj boʻlgan magistrantlar yoki institut bitiruvchilari boʻlishi mumkin.

Oʻz biznesingizni qanday reklama qilish kerak?

Eng mashhur reklama kanallarini koʻrib chiqing:

  • Telegram va Instagramʼda faol boʻling. Odamlar bilan adabiyotdagi yangiliklar haqida suhbatlashing, klassikalarni muhokama qiling, tanlovlar oʻtkazing, kitobxonlik klubiga bepul aksiyalar qiling;
  • Flayerlarni qahvaxonalarda, kitob doʻkonlarida, universitetlarda tarqatish mumkin. Flayerlarda klub va maʼruzachilarni topish haqida maʼlumot joylashtiring.

Kitobxonlik klubi zavq uchun oddiy ishdir. Biznesga vakolatli yondashish bilan biznes rivojlanib, kerakli daromad keltiradi. Tayyor biznesning takliflariga eʼtibor bering. Tayyor biznesni sotib olish — bu biznesni boshlash uchun pul va vaqtni tejash, belgilangan mijozlar bazasi va ijarachilar bilan aloqalarni oʻrnatish demakdir!

Kamoliddin Abdullayev tayyorladi

Nashr qilingan sana: 20.12.2020

O'xshash maqolalar