Shaxsiy rivojlanish

O'qish vaqti: 9 daqiqa

Biznes, siyosat va sport. Rossiyalik biznesmen – Roman Abramovichning hayot yo‘li

Roman Abramovich ko‘pchilikka tanish, futbol muxlislari orasida ham u mashhur hisoblanadi. Uning familiyasi boylik va kuch bilan sinonimdir. 2020 yilga kelib uning kapitali 12,8 milliard dollarni tashkil etdi, hozirgi holatga kelish uchun tadbirkor neft savdosi bozorida faol ishtirokchi sifatida ish boshladi va har doim kerakli aloqalarni o‘rnata oldi.

Bolalik va yoshlik yillari

Abramovich Roman Arkadyevich 1966-yil 24-oktyabrda Saratov shahrida dunyoga kelgan. Bo‘lajak oligarxning bolaligi qiyin kechdi, to‘rt yoshida butunlay yetim qoldi. Chaqaloq bir yoshga to‘lganida onasi, uch yil o‘tgach esa otasi ham vafot etdi. Bolani Uxtada yashovchi amakisi Leyb tarbiyalagan, ammo Roman boshqa amakisi bilan yashab, poytaxtda maktabni tugatgan.

Maktabdan keyin Roma armiyaga borib keldi. Uxta sanoat institutiga o‘qishga kirdi. Va aynan shu yerda u o‘zining tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qila boshladi. Biroq Roman Abramovichning qiziqishlari doim tadbirkorlik bilan bog‘liq edi.

Roman Abramovichning biznesi qanday boshlangan? 

Saksoninchi yillarning oxiriga kelib, Abramovich biznes boshlash uchun “pishdi”. Birinchi loyiha «Уют» kooperativ tashkiloti bo‘lib, u polimer o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Keyingi bosqich savdo operatsiyalariga o‘tish edi. Dastlab tadbirkor vositachilar orqali harakat qildi, keyin mustaqil qarorlarga o‘tdi. To‘qsoninchi yillarning boshlarida Roman neft bozoridagi operatsiyalar uchun vositachi korxona bo‘lgan «АВК-Коми» ning rahbari bo‘ldi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, uning yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha birinchi ishi deyarli jinoyatga aylandi - o‘g‘irlik sodir bo‘ldi, ammo tadbirkorning o‘zi tergovga faol yordam berdi va o‘g‘rilar topildi.

1996-yil ayniqsa muvaffaqiyatli yil bo‘ldi: iyun oyida Roman "Ноябрьскнефтегаз" OAJ (direktorlar kengashi) boshqaruviga o‘tkazildi.

1998-yilda  “Сибнефть” va “ЮКОС” ni birlashtirishga urinish bo‘lgan, ammo bu nazariyadan tashqariga chiqmagan. Kompaniya egalarining ambitsiyalari tufayli - Abramovich va Berezovskiy o‘rtasidagi muammolar oxir oqibat kelishmovchilikka olib keldi. Ammo bu vaqtga qadar bizning qahramonimiz allaqachon o‘ziga ishongan edi, chunki bu vaqtga kelib uning ortida 14 milliard dollarga baholangan boylik turgandi.

Yangi ming yillikning boshlanishi

2000-yillar qahramonimizning imkoniyatlarini ochib berishda davom etdi. Muvaffaqiyatli loyihalar orasida quyidagilar ajralib turardi:
• “Русский алюминий” (hammuassisi Oleg Deripaska);
• ORT aksiyalarini Berezovskiydan Sberbankka sotish bilan sotib olish;
• “Aeroflot” kompaniyasining nazorat qilinadigan aksiyalarini sotib olish.

2002-yil dekabrda «Сибнефть» Belorusiya bilan munosabatlarni mustahkamladi. Shunday qilib, dastlab «Слафнефть» Rossiya-Belorusiya neft konsernidan 10% ulush sotib olindi.

2003-yilning ikkinchi yarmida prokuratura va soliq inspeksiyasi oligarxning ko‘plab kompaniyalaridagi aksiyalar qonuniy ravishda sotib olinganligi to‘g‘risida shubha qila boshladilar. Bularning barchasi 1 milliard dollar jarimaga tortildi. Abramovich ko‘plab kompaniyalarning reklama paketlarini sotib yubordi.

Siyosiy olimpni zabt etish

Roman Abramovichning biznesi mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etishga xalaqit bermadi. 1999-yilda u Chukotka saylov okrugidan Davlat Dumasiga deputat bo‘ldi. Roman fraksiyaga aralashmadi. Ammo 2000-yildan beri u Shimoliy va Uzoq Sharq muammolarini hal qiladigan qo‘mitaga kirdi.

U 2001-2008-yillarda gubernator bo‘ldi. Uning rahbarligidagi davr mintaqaning, xususan, neft sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanish davri sifatida tavsiflanadi. Buning uchun Roman o‘zining shaxsiy mablag‘larini ko‘p sarfladi. Ishga bunday yondashganligi uchun 2006-yilda tadbirkor “Hurmat” ordeni bilan taqdirlandi.


2005-yilda Abramovich «Сибнефть» aksiyalar paketini «Газпром» ga sotadi va gubernatorlik lavozimidan ketishga harakat qiladi. Biroq har safar u Putin bilan suhbatlashgandan keyin bu g‘oyadan voz kechgan.

Faqatgina Medvedev kelishi bilan Roman Arkadyevichning gubernator vakolatlari tugatildi.
2008-yil oktyabr oyidan boshlab Abramovich mahalliy Chukotka Dumasining raisi hisoblanadi. Biroq, o‘sha paytgacha u allaqachon Buyuk Britaniyada doimiy ravishda yashar edi, uni Angliyaga futbolga bo‘lgan muhabbati yetaklab borgandi.

Futbolga bo‘lgan muhabbat

2003-yilga qaytsak - o‘sha paytda oligarx dunyoga mashhur biznes bitimini tuzgan edi. Gap deyarli bankrot bo‘lgan “Chelsi” futbol klubini sotib olish, uning barcha qarzlari bilan shug‘ullanishi va jamoani yangilashi haqida ketmoqda.

Ushbu yangilash uchun 150 million funt sterling sarflangan. Rossiya matbuotida ajiotaj darhol ko‘tarildi, ular oligarxni mahalliy emas, balki chet el sportini rivojlantirish bilan shug‘ullanishda aybladi. Biroq dastlab Roman «ЦСКА»ni sotib olishga uringanini hech kim eslamadi. Romanning “Chelsi” ga kiritgan sarmoyalari UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa turnirida qozonilgan g‘alaba orqali oqlandi.

U Rossiya futboli uchun juda ko‘p ish qildi. Aynan o‘z cho‘ntagidan futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasiga taklif etilgan bosh murabbiy - taniqli gollandiyalik Gus Xiddink uchun maosh to‘lagan.

Abramovich bilan bog‘liq janjallar
Katta pul soyada qolishi mumkin emas. Roman Abramovichning muvaffaqiyat tarixi janjalli hikoyalar bilan ham bog‘liq.

Bularning barchasi 1992-yilda, biznesmen hibsga olingan va dizel yoqilg‘isini o‘zlashtirishda ayblangan paytda boshlangan.
1998-yilda yana bir katta mojaro yuz berdi: uni Boris Yelsinning ishonchli odami deb gumon qilishdi - aynan u siyosatchining saylov poygasiga homiylik qilgan, deya shubhaga borishgan. 

Forbes
Roman birinchi marta 2009-yilda nufuzli Forbes ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2017-yilda u milliarderlarning global ro‘yxatida 139chi, Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida esa 13-o‘rinni egalladi.

Shaxsiy hayot
U ikkita rasmiy nikohda bo‘lgan. Birinchi xotini Olga Yuryevna Lisova edi - u haqida juda ko‘p maʼlumotlar saqlanmagan.

Ikkinchi xotini, sobiq styuardessa Irina Vyacheslavovna Malandina ko‘proq eʼtiborni tortadi. Romanning uchta qiz va ikkita o‘g‘li bor. Ammo 2007 yilda er-xotin ajrashishdi.

Hamma narsa janjal va sud jarayonisiz o‘tdi: Roman va Irinaning o‘zlari bolalarni saqlash va mol-mulkni taqsimlash masalasini hal qilishdi (aytmoqchi, sobiq turmush o‘rtog‘i uchun 300 million dollar ajratgan). Bo‘ydoq Romanning “hayot sherigi” lavozimini dizayner Dariya Jukova tezda egalladi.

Hammasi bo‘lib, Roman Abramovichning uchta turmushidan sakkizta farzandi (uch o‘g‘il va besh qiz) bor.
 
Mashhur milliarderning hayotidan kelib chiqib, xulosa chiqarishimiz mumkinki, mushohadali odamlar hayotda doimo ko‘proq yutuqlarga erishadilar. Roman Abramovichning tarjimai holi to‘xtamagan, uning hayotidagi voqealar davom etmoqda.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 21.11.2020

O'xshash maqolalar