Menejment

O'qish vaqti: 9 daqiqa

Biznesingizni saqlab qolish uchun tuzatishingiz kerak bo’lgan xatolar

Biznes startaplaridagi 80%  xatolar ishning boshida yo’l qo’yiladi, odamlar ushbu xatolar tufayli biznesni erta tark etishadi. Bunday xatolardan vaqtida qochish, biznesni ulardan “tozalash” kerak. Agar siz jamoa yetkachisi bo'lsangiz, unda siz ushbu xatolarni ko’rib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Katta umid qilib, tezda ko’p pul ishlash istagi

Biznes va marketing rejasini tuzayotgan har bir odam katta pul topishni va millioner bo'lishni istaydi. Dastlab, hamma narsa shunchaki o’xshayotgandek, bu narsalar oson hal bo’ladigandek ko’rinadi.

Aslida, hamma narsa birinchi qarashda ko'rinadigan darajada oson emas.

Qo’l ostingizdagilarga yo’lning boshidagi qiyinchiliklar, muvaffaqiyatsizliklar haqida aytib bering, shunda ular qiyinchiliklarga duch kelganingizda ular o’zlarini aldangan, deya his qlmaydilar.

Pul ishlashni va jamoani shakllantirishni boshlash uchun siz yetakchi bo'lishingiz kerak, boshqa odamlarga ular yiqilganda yordam berishingiz kerak. Siz o'zingizni yomon his qilayotgan bo’lsangiz ham ularni ilhomlantirishingiz kerak.

Mahsulotni yaxshi bilmaslik

Nima deb o’ylaysiz, Stiv Jobs, Elon Mask, Bill Geyts o’zlarining mahsulotini  yaxshi ko'rganmi? Boshida ularda mahsulotning o’zi yo'q edi, lekin ularda eng muhimi katta g'oya va tasavvur bor edi, bu narsa ularni ilhomlantirgan va bu ishonchni investorlarga sotgan.

Biroq ular ham rad javobini olishdi, shu payti ularning hayolidan nimalar o’tgan deb o'ylaysiz? Menimcha, ular o’shanda: bir kun kelib mening mahsulotim sizning uyingizda, garajingizda yoki cho'ntagingizda albatta bo'ladi, faqat hozir emas, deb o’ylagan.

80% +/- startapchilar faqat pul toppish haqida o’ylaydi holos.

Shuning uchun, ularda energiya yo'q, ulardan bu narsa haqiqatan ham foyda keltiradimi, degan savolga aslida javob bera olmaydilar.

Hamma bu biznesga muhtoj, deb o'ylash

Har kimning shaxsiy qiziqishlari, maqsadlari va ambitsiyalari bor va shu bilan bir qatorda, hamma ham o'z ishini yaxshi ko’rmaydi, kutilmagan, noma'lum muvaffaqiyatni orzu qilib biznesga qo’l urib yuboradi. Shunni yodda tutish kerakki, birinchi galda bu startapingiz o’zingizga yoqishi kerak. O;zingizning ko’nglingiz to’lsa, bu satratap bozordagi qaysidir muammoni hal qila olsa, raqobatchilardan qaysidir taraflama ustun bo’lsa olsa bu narsadan yaxshi kelajak kutish mumkin. Zo’rma zo’raki, kimgadir ergashib, qaysi soha rivojlanganligiga qarab yo’nalish tanlash umuman mantiqsizlikdir.

Agar siz biznesga endigina kirish arafasida turgan bo’lsangiz, birinchi galda, o’zingizning bilim va qiziqishlringizdan kelib chiqib yo’nalish tanlang. O’zingiz tushunmagan / xushlamagan sohaga bosh urish doim ham sizga omad olib kelmasligini tushunib yetishingiz kerak.

Faqat eski metodlarni ishlatish

Internetdan faol yoki kam foydalanadigan insonlar bilan suhbatlashganda, ularning ko’pchiligi bu tarmoqda biznes qilish va pul topishga unchalik ishonmasligini aytadilar.

Internet shunchaki mijozlarni topishga imkon beradigan bitta vosita holos.

Eski uslub va qarashlar, shablonlarga tayanib biznes qurish – juda kata xato. Hozirgi zamonaviy biznes ana o’sha internetning kuchidan faol foydalanishga chaqiradi.

Agar siz yangi biznes boshida turgan bo’lsangiz, shu sohada mufavvaqiyat qozongan odamning so’zlari va karyera tarixini o’rganib chiqing. Eski tajirabalardan voz kechish kerak, degan fikrdan yiroqmiz, biroq hozirgi kundagi biznes kurslari, SMM va marketing saboqlarini o’zlashtirish sizga sotuv va targ’ibot masalasida yangicha uslublarni qo’llashga yordam beradi.

Moliyaviy hisob-kitoblar

Aksariyat tadbirkorlar moliyaviy jarayonda juda katta xatolarga yo’l qo’yadilar. IShlab chiqarish yoki tovar sotishda ham ushbu jarayon uchun faqat ishonchli, deb hisoblangan odamlarga mas’uliyat topshiriladi. Odatda bunday odamlar – qarindosh, farzand yoki do’st bo’lishi mumkin. To’g’ri, qaysidir tomondan bu ishonchli shaxslar qo’lida qoladi. Biroq eng katta muammo – bu ularning bu sohadan, moliyaviy bilimlardan xabardor emasligida.

Siz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun albatta shu sohaning mutaxassisiga ishni yuklashingiz kerak. U o’z o’rnida sizga moliyaviy konsultatsiya, prognoz va yechimlar ham bera olishi kerak. Agar sizning yuqoridagi kabi insonlaringiz bu soha mutaxassisi bo’lsa, muommo yo’q, agar shunchaki ularga ishonganingiz uchun bu yerga qo’ygan bo’lsangiz, bu qaror haqida yana bir marta o’ylab ko’rishingizni tavsiya qilamiz.

Etika qoidalari

Bunday qoidalar ayniqsa katta kelishuvlarda kompaniya shartnomasini buzadigan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.

Biznes olamidagilarni qadimgi aristokratlarga o’xshatishadi. Ularning o’z davrasi, dunyoqarashi va madaniyati bor. Xuddi shu kabi, biznesning ham o’z madaniyati bor.

Yirik loyihalar, katta shartnomalar va xorijiy hamkorliklarda bu kabi masalalarga katta e’tibor berishadi.

Xulosa o’rnida

Biz xatolardan saboq olishimiz uchun ularga sirtdan, mijoz ko’zi bilan qarash yaxshiroqdir. Axir, biznesda asosiy harakatlar mijoz uchun ishlash, kompaniyaning obro’sini ko’tarish va mablag’ ishlash kabilarni tashkil etadi. Biznesni to’g’ri yuritish uchun yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslik, kerakli xulosalar chiqara olish eng katta saboqdir.

Shu o’rinda o’zingizga savol bering, Siz biznesda qanday xatolarga yo'l qo'ygansiz va ulardan xulosa olganmisiz?

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 25.06.2020