HR

O'qish vaqti: 8 daqiqa

Jamoadagi nosog‘lom muhit nimadan dalolat beradi yohud toksik kompaniyaning yetti belgisi

Ish har doim ham zavq keltirmaydi, chunki ishda charchaymiz, ba’zida hamkasblar va boshliqlardan g'azablanamiz, bahslashamiz va asabiylashamiz. Paradoksal ravishda, bularning barchasi tabiiy va siz shu hodisalar bilan ko’p vaqt yashashingiz mumkin. Eng yomoni, ishda o'zingizni yomon his qila boshlaysiz, bularning barchasi - toksik muhitni keltirib chiqaradi.

Vaqti-vaqti bilan hamkasblar bilan sizni bezovta qilayotgan narsalar to'g'risida bahslashish va o'z nuqtai nazaringizni himoya qilish odatiy holdir. Odatda, eng samarali biznes qarorlar qarama-qarshi fikrlarning to'qnashuvi natijasida qabul qilinadi, chunki aks holda eng yaxshi variantni tanlash uchun hech qanday intriga bo’lmay qoladi.

Ba'zida mojarolar haqiqatan ham bo’lib turadi, ammo bunday holatlar muntazam ravishda takrorlansa, bu jamoada nosog‘lom ish muhiti borligidan darak beradi. Ko'pincha bu toksiklikning manbai "kulrang kardinallar" deb nomlanadi.

ITV kompaniyasining kadrlar bo'yicha direktori Frensis Merrillis toksik muhitga liderlik uchun bahslar ham sabab bo’lishini aytib o’tgan, uning so'zlariga ko'ra:

“Bunday odamlar martaba cho‘qqilariga qat'iyat bilan boradilar, ular haqiqatan ham barkamol va tashqi tomondan ajralmas liderlar kabi ko'rinadi. Ammo ba'zi odamlar o'zlarining yuqori natijalariga boshqa birovning hisobidan erishayotganlarini payqashmaydi”.

Toksik muhitni keltirib chiqaradigan, siz e'tibor berishingiz kerak bo'lgan yettita asosiy belgilar mavjud

"Bu mening ishim emas" deb ko’p takrorlaydigan hamkasblar

Agar kompaniya o'z maqsadlari ustida tinimsiz ishlayotgan bo'lsa, xodimlar birgalikda ishlashi va bir-birlariga yordam berishi marraga tezroq va samaraliroq yetib borishni ta’minlaydi. Ammo kimdir doimiy ravishda javobgarlikni qo'shni bo'limdagi hamkasblar zimmasiga yuklamoqchi bo'lsa, bu zaharli muhitning aniq belgisidir.

Aslida, "bu mening ishim emas" so'zlari butunlay boshqacha xabarni yashiradi: "Men uchun umumiy manfaatlar kerakmas, men faqat o'zim uchun javobgarman". Bunday munosabat funksional jamoani o’zini o’ylaydigan tarqoq guruhga aylantirishi mumkin.

G'iybat va tuhmat

Agar kompaniyaga boshqalarning orqasidan shivirlashga sharoit yaratib berilsa yoki bunga ko’z yumilsa, uning madaniyat muhiti shubhasiz tugaydi. Ushbu turdagi odamlar odatdagi ish uchun foydali bo'lgan dialoglarga qaraganda g'iybatga ko'proq vaqt sarflashadi. Biroq qolgan hamkasblar tez orada g'iybatlardan qochib, uni hurmat qilishni to‘xtatadilar. G’iybat va tuhmat gullab-yashnaydigan korporativ madaniyatni yo’qqa chiqaradi, bu zararli ish muhitining aniq ko'rsatkichidir.

Odamlar adolatsizlikni tushunishadi

O'zining boshlig`i yoki hamkasblari tomonidan adolatli munosabatda bo'lishning barcha umidlarini yo'qotgan xodim, toksik muhitdan azob chekadi. Agar rahbar jamoada adolat muhitini yarata olsa, hammani teng ko’rib harakat qilsa, jamoada g’iybat, tuhmat, ko’ra olmaslik kabi zararli illatlar yo’qoladi. Aslini olganda, bu narsalar xarakter hamdir. Ko’p narsa liderning kuchli xarakteriga bog’liq bo’lib qoladi.

Sizning fikringiz hech kimga qiziq emas

Yilda bir martagina bo’lsa ham xodimlardan ishdan qoniqish bo’yicha so’rov o’tkazish muhim, aks holda ularning kompaniya hayotidagi ishtiroki tugaydi, o’zini fikri hech nimani anglatmasligini tushunadi.

Xodimlarni muhim qarorlarda ishtirok etishdan, ayniqsa kompaniyada nima bo'layotganini bilish, maqbul bo'lgan lavozimlarni egallashdan istisno qilish, ularning ishonchi va sadoqatini o’ldiradi.

Rahbar bilan muhim masalalarni muhokama qilish mumkin emas

Agar xodimlar bossning oldiga bormaslik va muhim masalalarni muhokama qilish yaxshi ish bermasligini bilishsa, muammo aniq. Bundan tashqari, agar xodimlar xo'jayin har bir kishiga reja qo’ysa va busiz dam olishga yo’l qo’ymasligini bildirsa, toksik muhit va ishdan rohatlanmaslik kelib chiqadi.

Shuningdek, xo'jayin: "Bu sizning muammolaringiz", deb aytishi mumkin va xodimni ayblash uni yakkalab qo’yishi ham kuzatiladi. Bunday holat qolgan xodimlarda ham qo’rquv va ishonchsizlik keltirib chiqaradi. Va ular ham kelgusida o’zlari bilan shunday bo’lmasligi uchun qayg’ura boshlaydilar.

Bu yerda ishlayotganingiz uchun doimiy ravishda sizga: "o'zingizni omadli deb hisoblang" deb aytishadi

To'g'ri, odamda ishlashi mumkin bo'lgan ishi borligi yaxshi, lekin agar u bu ishdan doimo o'zini yomon his qilsa va yuk bilan ishlasa ishdan ko’ngli sovib ketishi va ish sifatini juda pasayishi hech gap emas. Rahbarlar xodimlari istamagan narsalarni qilishlari kerak bo’lganda, qo'rqitishning yashirin taktikasi bilan shug‘ullanishadi. Bu bosim va agressiyaning kichik ko’rinishi va natijasi juda yomon bo’lgan holatdir.

Bunday rahbarlar bilan biznes yaxshi gullab-yashnashi mumkin, ammo kompaniyada ishlaydigan odamlar o’zlarini doimo baxtsiz hisoblaydilar. Agar sizga bu yerda ishlashingiz "omadli" ekanligingizdan dalolatligini eslatib turishsa, orqaga qaramasdan ishni tashlab qochib ketish uchun ayni vaqti.

Ofisdagi kayfiyat

Doimiy tushkun kayfiyatli xodimi bor ofisda ish muhiti murakkablashadi. Hech kim hech qachon tabassum qilmaydi, hech kim choy yoki qahva ichishni taklif qilmaydi va hech kim ishidan quvonch bildirmaydi. Bundan tashqari, tez-tez kadrlar almashinuvi, umidsiz odamlar bunday ofis muhitidan qochayotganliklarini ham ko'rsatadi.

Jamoadagi inoqlik, xodimlarning bir-birini qo’llab-quvvatlashi ish samaradorligiga ham ta’sir qiladi. Quvnoq kollektiv bilan ko’p narsalarga erishish mumkin. Shuni unutmang, agar siz kun kelib (balki ayni damda) rahbar bo’lsangiz, hech qachon boss bo’lmang, liderlik qiling. Agar jamoangizdagi muhit yaxshi bo’lmasa, baribir asosiy xato sizda bo’ladi. Chunki siz jamoaning asosiy figurasi hisoblanasiz. Shunday ekan, muvaffaqiyatli biznes uchun ham xodimlar bilan ishlashga alohida vaqt va bilim sarflashingiz kerak bo’ladi.


Manba: hrdocs.ru

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 16.06.2020