Texnologiya

O'qish vaqti: 7 daqiqa

Jeff Bezos va Elon Mask kosmos uchun ham raqobatlashmoqchi. Bezosning aerokosmik kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?

“Blue Origin” – Amerikaning xususiy aerokosmik kompaniyasi boʻlib, 2000-yilda Amazon rahbari Jeff Bezos tomonidan asos solingan. 
Loyihaning asosiy vazifasi odamlarni kosmosda ishlash va yashashga yuborishdir. 2016-yildan beri tadbirkorning oʻzi “Blue Origin”ga homiylik qilib, unga har yili 1 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Poydevor va dastlabki ishlanmalar

2000-yilda Jeff Bezos “Blue Origin” kompaniyasiga asos solganida, Amazon oʻz boyligini 6 milliard dollarga yaqinlashtirdi. Ilk uch yil ichida hech kim startap haqida bilmas edi. Tadbirkor Texasda suborbital uchun yer sotib olishni boshlagandan keyingina loyiha  eʼtiborni tortdi.

Kompaniya birinchi ishlanmani 2005-yilda sinovdan oʻtkazdi. U Charon — vertikal uchish va reaktiv dvigatelga tushish uchun platforma moduli boʻldi. Bir yil oʻtgach, startap Goddard suborbital kemasini sinovdan oʻtkazdi.

Ushbu ishlanmalardan yoʻlovchilar va yuklarni Karman liniyasiga — Yer va kosmik oʻrtasidagi chegara 100 kilometr balandlikda yetkazib bera oladigan New Shepardsuborbital kemasi paydo boʻldi. “Blue Origin” ushbu loyihani 2006-yildan beri ishlab chiqmoqda, ammo faqat 2010-yillarning boshlarida uni hayotga tatbiq eta oldi.

New Shepard ikki qismdan iborat: tezlatuvchi modul va olti oʻrinli kapsula. 100 kilometr  balandlikda birinchi bosqich tugab, yerga tushadi va kapsula keyinchalik uch parashyutni ochib qaytadi.

Umuman olganda, kompaniya uchta bunday kemani yaratdi. Birinchisi 2015-yilda sinovni boshlash paytida qisman qulab tushdi. Ikkinchisi beshta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirdi. 2016-yildan beri uchinchi yangi Shepard oltita uchishdan omon qoldi va bir nechta ilmiy yuklarni pastki orbitaga olib chiqdi.

“Blue Origin” shuningdek, 2021-yilda New Glenn ogʻir raketasini sinovdan oʻtkazishga tayyorlanmoqda. Uning ikki va uch bosqichli versiyalari mavjud boʻlib, katta versiyasi Yer orbitasi chegarasidan chiqib ketishi mumkin. Har bir safarida New Glenn Yer orbitasiga 13 tonnagacha yuk tashiydi.

Oyga sayohat qilishda "SpaceX" bilan raqobatlashish

“Blue Origin” NASAʼning “Oyga qaytish” missiyasida ishtirok etadi, u astronavtlarni 2024-yilda sunʼiy yoʻldoshning Janubiy qutbiga yuboradi.

2020-yil aprelda tashkilot “Blue Origin”, “SpaceX” va “Dynetics” kompaniyalariga mablagʻni “Orion” kosmik kemasidan oyga tushirish moslamalari uchun ajratdi, NASA oʻzi ham shu bilan shugʻullanadi. Ular loyihalarni 2021-yil fevralgacha topshirishlari kerak.

Bezos kompaniyasi 579 million dollar oldi va oʻz qurilmasiga Blue Moon deb nom berdi. U "Lockheed Martin”, “Northrop Grumman" va "Draper" kabi kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqmoqda.

“Blue Origin” qoʻnish moslamasini barpo etmoqda, “Lockheed Martin” — astronavtlarni orbitaga qaytaradigan element, “Northrop Grumman” — Blue Moon’ni “Orion” bilan bogʻlaydigan modul va “Draper” avionikaga javobgardir. Dizayn 1960-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlarida Apollon missiyalaridan kelib chiqqan asl qoʻnish moduliga asoslangan.

Kompaniya NASA kemasining maketini 2020-yil avgustida namoyish qildi. Prototip dizayn va funksiyalarni raqobatdoshlari bilan taqqoslashda yordam beradi.

Taqdimot paytida Bezos Yerni tark etishining sabablaridan biri kelajakda energiya yetishmasligi mumkinligini taʼkidladi.

“Men kosmosga uchishni xohlayman. Ammo bu men uchun eng muhim narsa emas. Ishonamanki, biz kosmosni oʻrganish oltin davrining boshida turibmiz”, — degandi tadbirkor.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 02.12.2020

O'xshash maqolalar