Moliya

O'qish vaqti: 10 daqiqa

Kompaniyaning real moliyaviy ahvolini tahlil qilish. Bu boradagi formula va ko‘rsatkichlar

Moliyaviy barqarorlik - bu korxonaning umumiy barqarorligini baholashingiz mumkin bo‘lgan mezonlardan biridir. Bu daromad manbalari tizimi qanchalik malakali ravishda qurilganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tahlillar mablag‘larning qay darajada sarflanganligini, bu narsalar kelajakda kompaniyaning yanada mustaqil bo‘lishiga yordam beradimi-yo‘qligini baholashga yordam beradi.

Moliyaviy barqarorlik ikki asosiy omilga bog‘liq, bular - tovarlarni qanday ishlab chiqarish va ularni sotish. Agar ushbu ikkita jarayon aniq sozlangan bo‘lsa, unda kompaniya katta foyda keltiradi. Foyda firmani moliyalashtirish manbalaridan biriga aylanadi. Daromadning barcha keladigan pul oqimlari orasidagi ulushini taxmin qilish muhimdir. U qanchalik katta bo‘lsa, kompaniya shunchalik barqaror bo‘ladi.

Nima uchun tahlil kerak?

Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning birinchi sababi keyingi boshqaruv strategiyasini shakllantirishdir. Agar rahbar o‘z kompaniyasining holatini to‘g‘ri baholasa, unga maqsad va uzoq muddatli rejalarni belgilash osonroq bo‘ladi. Tahlil quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • kompaniya ishidagi qonunbuzarliklar aniqlanadi, ularning sabablari va ularni yo‘q qilish usullari tahlil qilinadi;
  • ishni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi;
  • resurslardan foydalanish samaradorligi va ratsionalligi oshadi;
  • agar rahbariyat ishga o‘zgartirish kiritmasa, kompaniya faoliyati qanday bo‘lishiga oid prognoz tuziladi.

Biroq siz nafaqat kompaniyangizning moliyaviy barqarorligini baholashingiz mumkin. Masalan, firma yangi mahsulot turini chiqarishga qaror qildi. Ularni ishlab chiqarish uchun siz xom ashyo yetkazib beruvchilarni topishingiz kerak. Ta'minlovchini tanlashda siz uning barqarorligini hisobga olishingiz kerak bo‘ladi. Bu – o‘z kompaniyasini yopib qo‘yadimi, bankrot bo‘ladimi yoki sheriklik shartlarini bajara oladimi, bashorat qilish uchun kerak.

Ma’lumot manbai

Sizda kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin bo‘lgan hujjatlar bir qancha manbalar bor. Eng qulay buxgalterning hisoboti. Sizga quyidagilarga e’tibor qaratishingiz kerak:

  • aktivlar;
  • ularni moliyalashtirish manbalari;
  • ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi dinamikasi.

Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, menejer qanday qarorlar qabul qilishini tushunishingiz mumkin. Masalan, agar moliyaviy hisobotda uzoq muddatli aktivlar qiymati o‘sib borayotgani va qisqa muddatli kreditlar soni ko‘payayotganligi ko‘rsatilsa, menejer noto‘g‘ri moliyalashtirish manbalarini tanlaydi.

Agar kompaniya o‘zining buxgalteriya hisobini tahlil qilsa, uning ishonchliligi va aniqligiga amin bo‘lishi mumkin. Ammo agar siz boshqa kompaniyani baholashni istasangiz, buxgalteriya hisobi ishlarning haqiqiy holatini ko‘rsatishi shart emasligini tushunishingiz kerak. Bunday holda, boshqa manbalarni hisobga olish kerak.

Boshqaruv hisoboti

Boshqaruv hisoboti faqat o‘zingizning kompaniyangizni tahlil qilish uchun javob beradi. Axir, ushbu ma'lumotlar hamma uchun ham mavjud emas. Boshqaruv hisobotini o‘rganishda aniq ko‘rsatkichlarga emas, balki ularning o‘zaro munosabatlariga e'tibor berish kerak. Masalan, kompaniyada sotuvlarning pasayishi qayd etilgan va shu davrda debitorlik qarzlari o‘sib borgan. Kelgusida bu kreditni to‘lash uchun mablag‘ yetishmasligiga olib kelishi mumkin, chunki sotish kerakli miqdorda foyda keltirmaydi.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Ikki guruh ko‘rsatkichlarini (mutlaq va nisbiy) ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Birinchisi, aktivlarni shakllantirish manbalari bilan qanday ta'minlanishini ko‘rsatadi, bu bilan siz kompaniyaning holatini baholashingiz mumkin. Masalan, uning inqirozga uchraganligini yoki oddiy holatda ekanligini tushunsangiz bo‘ladi.

Mutlaq ko‘rsatkichlarga aksiyalarning o‘z mablag‘lari bilan nisbati kiradi. Ular quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Kapital va zaxiralar – Uzoq muddatli aktivlar – Tovar-moddiy zaxiralar = O‘z mablag‘lari bilan aylanmadan zaxiralarning mavjudligi

Ikkinchi ko‘rsatkich – bu zaxiralarni yetkazib berishning o‘z va jalb qilingan manbalar nisbati. Uni hisoblash uchun siz quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin:

Kapital, zaxira + Uzoq muddatli majburiyatlar – Uzoq muddatli aktivlar, zaxiralar = Zaxiralarni har qanday o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta'minlash.

Oxirgi omil – bu zaxiralarni asosiy manbalar bilan ta'minlash. Hisoblash uchun siz quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin:

Qarz manbalari (o‘z va uzoq muddatli) + Kreditlar va qarzlar (faqat qisqa muddatli) – Uzoq muddatli aktivlar

Ko‘rsatkichlar noldan yuqori ekanligini baholash muhimdir. Agar uchta koeffitsient noldan katta bo‘lsa, kontragentlar bilan hamkorlik qilish uchun shaxsiy mablag‘lari yetarli bo‘ladi. Faoliyatini davom ettirish uchun kompaniya tashqi moliyaviy yordamga muhtoj emas. Bu uning mutlaq moliyaviy barqarorligi haqida ta’kidlaydi.

Agar vaziyat teskari bo‘lsa - dastlabki ikkita ko‘rsatkich noldan kam, uchinchisi bu belgidan oshib ketsa - kompaniya o‘z ishida o‘zgarishlarni amalga oshirishi kerak. Masalan, qo‘shimcha mablag‘ manbalarini toping. Axir, hozirgi vaziyat beqaror, to‘lov qobiliyati zaif.

Uchala raqam ham noldan past bo‘lsa, kompaniya inqirozga uchraydi. Moliya tizimini isloh qilish zarur.

Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlari nisbiydir. Ular mutloqni to‘ldiradi, ya'ni hozirgi holatga ta'sir qiluvchi va uning o‘zgarishini qo‘zg‘atadigan omillarni ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar

O‘z-o‘zini tahlil qilish bo‘yicha kompaniya o‘z maqsadlariga qarab yuqoridagi barcha koeffitsientlarni yoki faqat bir nechtasini hisoblab chiqishi mumkin. Ammo siz to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishni istasangiz, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni tahlil qilishga arziydi.

Masalan, qarzning EBITDA-ga nisbatini hisoblang. Kompaniyaning o‘z qarz majburiyatlarini qanchalik yaxshi bajarishi mumkinligini baholash muhim ko‘rsatkich. Ko‘rsatkichdan foydalanib, soliqlar va foizlar oldidan olinadigan foyda va kreditlar foizlarini taqqoslashingiz mumkin. Taqqoslash maqsadiga erishish uchun ikkala ko‘rsatkich uchun ham bitta davr tanlanadi.
Moliyaviy barqarorlik turlari

Kompaniya tahlilni o‘tkazgandan so‘ng, moliyaviy mustahkamligini quyidagi turlardan biriga bog‘lashi mumkin:

  • mutlaq - kompaniya umuman boshqalarning mablag‘lariga, kreditlariga bog‘liq emas. Agar qarzlar bo‘lsa, unda firma ularni o‘z kapitalidan to‘liq to‘lashi mumkin;
  • normal - o‘z mablag‘lari qarzlar va uzoq muddatli kreditlar bilan to‘ldiriladi. Shunga qaramay, kompaniya barqarorligicha qoladi. Bu barcha biznes egalari intiladigan holat;
  • beqaror - to‘lov qobiliyati bilan bog‘liq muammolar mavjud, ammo ularni hal qilish mumkin. Kompaniya o‘z kapitalini va pul aylanmasini ko‘paytirish imkoniyatiga ega. Shu tarzda, u qarzni kamaytiradi va normal barqarorlik toifasiga o‘tadi;
  • inqiroz - kompaniya inqirozga uchragan, bankrotlik har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkon qadar tezroq mablag‘  manbalarini ko‘paytirish kerak.

Xulosa o‘zingizdan. Tahlilni bugunoq boshlang.
 

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 05.01.2021

O'xshash maqolalar