Shaxsiy rivojlanish

O'qish vaqti: 9 daqiqa

Lider va rahbarlar uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari qanday? Barcha boshqaruvchilar bilishi kerak boʻlgan tushunchalar

Rahbar qattiqqoʻl, sabrsiz va xudbinlikning namunasi boʻlishi kerak, degan stereotip miyamizga oʻrnashib qolgan. Jon Xennessi uzoq yillar davomida Stenford prezidenti va “Alphabet” direktorlar kengashining raisi boʻlgan. U yetakchilik faqat oʻziga boʻlgan ishonch bilan cheklanmasligiga amin edi. Bu hamdardlik, qiziqish va hamkorlik qobiliyati kabi fazilatlarni talab qiladi. Ushbu fazilatlar toʻgʻrisida “Liderlik prinsiplari” kitobida aytib oʻtilgan xususiyatlar haqida suhbatlashamiz. 

Ishonch asosi

Yetakchilik fenomeniga tashqaridan qaraydiganlarning aksariyati rahbarning asosiy xususiyati sifatida oʻziga boʻlgan ishonchni koʻrishadi. Darhaqiqat, agar siz oʻzingizning strategiyangiz va rolingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, boshqalarni boshqarishingiz mumkin emas. Hech kim oʻz rejalari yoki imkoniyatlarini toʻliq anglamagan rahbarga ergashishni istamaydi.

Ammo ishonchning asosi nimada? Xennessi ishonadiki, chinakam ishonch shafqatsizlik va yolgʻon tuygʻu emas, balki oʻz kuchlari va feʼl-atvorini chinakam anglash va kamtarlikdan kelib chiqadi. 

Oʻzingiz uchun odil boʻling, haddan tashqari ishonch faqat kuchli tomonlarimizni aks ettiradi, lekin bizning kuchsizligimizni yoki boshqa odamlarning afzalliklarini inobatga olmaydi. Shu bilan bizni xatolarga yoʻl qoʻyish xavfiga duchor qiladi. Boshqa tomondan, kamtarlik, zaif tomonlarimizni toʻgʻrilashimiz uchun ishora qiladi va bizga ishonch huquqini olishga imkon beradi. 

Kitobda Xennessi samarali yetakchilikning 10 tamoyilini sanab oʻtganida kamtarlikni birinchi oʻrinda eslab oʻtgan. 

 

Rokfeller misoli 

Maʼlumki, Jon Rokfeller nihoyatda muvaffaqiyatli tadbirkor edi. Kuchli raqobat muhitida u AQSH tarixidagi eng boy odamlardan biriga aylangan. Ammo 60 yoshga toʻlgunga qadar ishlab yurgani sababli yurak xurujiga uchradi. Bu uning uchun burilish nuqtasi edi.

Rokfeller oʻshanda qatʼiy qaror qilib: “Men endi koʻproq pul ishlashni xohlamayman. Men xayriya qilaman va dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirishga harakat qilaman”, — deb oʻziga oʻzi vaʼda berdi. Natijada u Chikago va Rokfeller universitetlari va oʻzi nomidagi fondga asos soldi, koʻplab boshqa tashkilot va loyihalarni qoʻllab-quvvatlab, tibbiyot sohasi rivojiga katta hissa qoʻshdi. U zamonaviy xayriya ishining asoschilaridan biriga aylandi. Maʼlumki, Rokfeller oʻz farzandlariga hech qancha pul qoldirmagan, ammo insoniyat uchun milliardlab xayriya qilgan. 

Rokfeller, bir paytlar oʻz raqiblarga nisbatan shafqatsiz edi, biroq yurak xurujidan soʻng – hayotining ikkinchi yarmida butunlay oʻzgardi. 

 

Kamtarlik qayerdan paydo boʻladi? 

Uning ikkita ildizi bor. Birinchisi, biz muvaffaqiyatimiz uchun Yaratgandan qarzdor ekanligimizni tushunishdir.

Mening ota-onam oʻrta sinf edi. Ular menga maktabga borishdan oldin oʻqishni oʻrgatishdi va yaxshi taʼlim berishdi, bu mening kelajakdagi faoliyatimning boshlangʻich nuqtasi boʻldi. Mening ushbu oilada, bu yerda va oʻsha paytda tugʻilishim omadim, Yaratganning menga bergan tuhfasi edi. Ushbu dalillarni tushunib, men oʻzimni kamtarlik bilan toʻldirdim “, — taʼkidlaydi  Xennessi.

Ikkinchidan, har doim har bir mavzu haqida sizdan koʻra koʻproq biladigan odamlar borligini tushunish muhimdir. Chuqur oʻylab koʻring – siz eng aqlli odam emassiz. Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotning muvaffaqiyati butun jamoaga bogʻliq. Rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun sizga uning barcha aʼzolarining bilimlari va yordami kerak boʻladi.

Jon Xennessi

 

Yordam uchun soʻrovlar 

Minglab xodimlar bilan aloqada boʻlganingizda va katta byudjet hamda mablagʻlarni boshqarganingizda, kuch sizning “boshingizda” boʻlishi mumkin. Mablagʻlarni jalb qilishning kamtarona vazifasi ajoyib antidot boʻlib xizmat qiladi.

Agar men xato qilgan boʻlsam yoki notoʻgʻri taassurot qoldirgan boʻlsam, koʻp oylik mehnatim behuda ketgan boʻlar edi. Bundan tashqari, men ham bitiruvchilar, ham yirik homiylar shaxsan men bilan emas, balki bir kun kelib boshqasi boʻlib qoladigan Stenford universiteti prezidenti bilan uchrashganligini angladim. Shu bilan birga, men oʻz rolimning muhimligini tushunib yetdim, degandi muallif. 

 

Kamtarlik va ambitsiya 

Kamtarona rahbar oʻzini qanday tutadi? U boshqalarga ularning yutuqlari haqida xabar berib kuch beradi. U toʻliq tushunmasligi mumkin boʻlgan narsalar borligini tushunadi va ochiq tan oladi. U yordamga muhtojligini his qilganida, buni qabul qiladi. U har qanday imkoniyatdan foydalanib, xatolardan saboq oladi va hech qachon qiyinchiliklardan qochmaydi, chunki ularni rivojlanish potensiali deb biladi.

Sizningcha, kamtarlik ambitsiya yetishmasligini anglatadi, shundaymi? Yoʻq, bu unday emas. Masalan, Avraam Linkoln kamtarin, ammo shuhratparast edi. Xuddi shu narsani Jon Xennessining oʻzi uchun ham aytish mumkin: Ehtimol, kamtarlik va ambitsiyani birlashtirishning yagona usuli bu oʻzambitsiyalaringizni boshqalarning manfaati uchun yoʻnaltirishdir. 

 

Shaxsiy oʻsishning asosi 

Stenfordning vasiylik kengashi rahbari Ayzek Steyn shunday degandi: “Bilasizmi, Jon, sizni prezident qilib tanlashimizga imkon bergan sizning asosiy xarakteringiz – bu oʻsish qobiliyatidir”.

Buni oʻzingizda qanday baholash mumkin? Yana oʻsha narsa – kamtarlik orqali. Agar siz oʻrganishingiz kerak boʻlgan koʻp narsalar borligini, boshqalar sizdan u yoki bu jihatdan ustunligini, koʻpchilikning gʻoyalari har doimgidek birovning fikriga qaraganda qimmatroq ekanligini tushunsangiz, oʻzingiz qanday qilib yaxshiroq boʻlishga eʼtibor qaratish kerak.

«Rahbar kamtarlikni birinchi oʻringa qoʻyganda, uning roli oʻzgaradi. Men buniMIPSʻda bilib oldim. Birinchi galda, vaqt yetishmasligi va kichik xatolar katta muammolarga olib kelishi mumkin boʻlsa ham, siz oʻzingizni xodimlardan ajratib olmang. Jamoada hamma teng boʻlishi kerak. Sizning vazifangiz – boshqalarga nima qilish kerakligini aytib berish emas, balki ularning yaxshilanib borishiga yordam berishdan iborat. Shuning uchun MIPSʻda birinchi mikrochipni yuborishga tayyorgarlik koʻrayotganimizda oxirgi tekshiruvlarni oʻtkazadigan hech kim yoʻq edi, men oʻshanda oʻzim kompyuterga oʻtirdim va oʻzim testlarni ishlab chiqarish uchun dasturlar yozishni boshladim».

Kamtarlik taniqli yetakchining boshqa fazilatlarining asosiy qismidir. Haqiqiy lider baqiroq va badjahl odam emas, xodimni qalbiga kira olgan shaxsdir. Shuning uchun uni oʻzingizda tarbiyalash juda muhim. 

Manba: “Liderlik prinsiplari” kitobi 

 

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 10.09.2020