Texnologiya

O'qish vaqti: 6 daqiqa

Masofadan ishlaydigan xodimlarning kiberxavfsizligini qanday ta’minlash mumkin?

Masofadan ishlash endi u qadar murakkab emas, ammo har doim ham buni xavfsiz deb bo’lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning ikkinchi choragida hujumlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 foizga oshdi. Shu bilan birga, aprel va may oylari muvaffaqiyatli kiberhujumlar soni bo‘yicha rekord bo‘ldi. O‘sha paytda, aksariyat kompaniyalar o‘z xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazdilar. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Ivan Dmitriyev jamoani masofadan turib samarali va xatarsiz ishlashni o‘rganishga yordam beradigan, shuningdek, kompaniyalarga ushbu jarayonni to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradigan tavsiyalarini berib o‘tdi.

Ma'lumotlarni himoya qilish uchun birinchi qadam bu jamoaviy adaptatsiyadir

Masofadan ishlash axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni oshirdi.

Ofis hayoti davrida tashqi raqamli tahdidlardan himoya qilishning ko‘plab mexanizmlari korporativ tarmoqqa o‘rnatiladi va xodimlar o‘zlarining qurilmalariga chuqur kirib borishlari shart emas edi. Endi har bir uydagi Wi-Fi, kafe / restoran / kovorking tarmog‘i perimetrning bir qismiga aylandi.

Jahon iqtisodiy forumi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab odamlarning 98% masofadan turib ishlashni xohlamoqda. Google va Facebook kabi gigantlar o‘z jamoalariga 2021-yil yozigacha uyda ishlashga ruxsat berishdi, Microsoft va Twitter rahbarlari ham bunga rozi bo‘lishdi va ba'zi ishchilar guruhiga ofisga chiqmaslikka ruxsat berishdi.

Shunday qilib, xodimlar bilan birgalikda tashkilotning axborot perimetri chegaralari "yo‘qolib ketdi". Shu sababli, ma'lumotlarni himoya qilish usulini qayta ko‘rib chiqish juda muhimdir. Bu sizga bir qator umumiy qoidalarni ishlab chiqishda yordam beradi, shunda siz xavflarni kamaytirasiz va ma'lumotlar tarqalib ketishini oldini olasiz.

Xodimlar tashqi tahdidlarga qarshi kurashda birinchi o‘rinda turadi

Xodimlaringizga quyidagilarni tushuntiring:

  • Potentsial tahdidlar to‘g‘risida: ularga biznes ma'lumotlarini uchinchi tomon saytlariga kiritish xavfini, fishing elektron pochta xabarlarini misollar yordamida tahlil qiling, antivirus vositalaridan foydalangan holda Internet foydalanuvchilari qanday aldanayotganlarini ko‘rsating.
  • Antivirusdan, murakkab parollardan, ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishni o‘z ichiga olgan raqamli xavfsizlik qoidalari borasida oydinlik kiriting.

Muntazam ravishda dastlabki ikkita fikrni jamoaga eslatib turish muhimdir. Xodimlar bilan qisqa video uchrashuvlar o‘tkazing, korporativ messenjerlarda har hafta ommaviy jo‘natmalar yuboring. Har bir xodimning biznes xavfsizligini ta'minlashga qo‘shgan hissasining qiymatini yetkazing. Ushbu hissani qanchalik qadrlayotganingizni ko‘rsating.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatlar:

  1. Axborotga kirish qoidalarini tartibga soling.
  2. Kim, qayerda, qanday yordam va qanday ishlashini osongina aniqlash uchun masofadan turib shaffof nazoratni ta'minlang.
  3. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar uchun navbatchilik tizimini joriy eting, javobgarlik va monitoring sohalarini qayta taqsimlash.
  4. Agar siz bulutli xizmatlardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, biznes versiyalariga ustuvor ahamiyat bering (ular xavfsizlik mexanizmlariga ega) va bulutda ro‘yxatdan o‘tgan barcha xodimlarning faqat korporativ elektron pochta manzillaridan foydalanganligiga ishonch hosil qiling.
  5. Kirish ro‘yxatlarini saqlang. Siz qancha odam, qayerda va qaysi darajada kirish huquqiga ega ekanligini aniq bilishingiz kerak.
  6. Masofadan foydalaniladigan xizmatlar uchun talablarning minimal va yetarli nazorat ro‘yxatini ishlab chiqing. Bu amalga oshirish jarayonida samaradorlikni yo‘qotmaslik va aksariyat xatarlarni nazorat qilish imkonini beradi.

Ma'lumotlar xavfsizligi xodimlarning qo‘lida

2021-yilda butun dunyo bo‘ylab kompaniyalarning 55 foizi kiberxavfsizlik uchun xarajatlarni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Masofaviy ish kompaniyalar uchun tanish formatga aylanmoqda.

Kompaniya rahbariyati bu vaqtdan unumli foydalanib, o‘z ishini jamoaning vakolatlarini kuchaytirishga va asosiy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishi, unga kiberxavfsizlik asoslarini, statistika ma'lumotlarini, Excel va masofaviy aloqa ko‘nikmalarini o‘rgatishi lozim.

Albatta, belgilangan qoidalarga rioya qilish sizning ma'lumotlaringizni himoya qilishiga kafolat berolmaysiz. Chunki har kuni hujumlarning yangi usullari paydo bo‘lmoqda, biroq axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, shubhasiz, biznes va shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishini kamaytiradi va xavfdan himoya qiladi.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 02.12.2020

O'xshash maqolalar