Menejment

O'qish vaqti: 3 daqiqa

“Microsoft” bosh direktori Satya Nadella pandemiya biznesni qanday oʻzgartirganini tushuntiradi va tadbirkorlarga maslahat berdi

“Microsoft” bosh direktori Satya Nadella, “Intel” bosh direktori Bob Suon (Bob Swan) va boshqa IT-kompaniyalar rahbarlari “ Fortune CEO” tashabbus konferensiyasida biznes kelajagini muhokama qildi. Uchrashuvning asosiy mavzusi qiyin paytlarda yetakchilik qilish va jamoani undan bartaraf etish haqida boʻldi.

Bob Suon taʼkidlaganidek, koronavirus pandemiyasi kelajakka yaqinlashishni vaqti-vaqti bilan tezlashtirmoqda, shu bilan birga global noaniqlikni keltirib chiqardi. “Kelajakning aniqligi borasida ishonchim komil emas”, — dedi “ Intel” rahbari. Boshqa rahbarlar u bilan kelishib oldilar, xususan, HP rahbari Enrike Lores va “Accenture” bosh direktori Juli Suit (Julie Sweet).

“Biz kelajakda nima boʻlishini aniq gapirib boʻlmaydigan vaziyatdamiz. Biz qandaydir kelajakdagi ishlar haqida bahs-munozaralar olib borayapmiz, ammo biz bugungi kunda yashayapmiz”, dedi Lores. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi uch oy davomida u videokonferensiyalarda ming soatdan koʻproq vaqt sarflagan. Uning hamkasblari ham Lores kabi faoliyat olib bormoqda.

Muloqotning barcha ishtirokchilari pandemiya deyarli oʻz biznesining barcha sohalariga taʼsir qilganini taʼkidladilar. Cheklovlar taʼminot zanjiri, geosiyosiy ishlar va jamoalarning shaxsiy hayotiga taʼsir koʻrsatdi — deyarli yarim yil davomida barcha kompaniyalarning xodimlari uyda ish olib boryaptilar, biznes va oila bilan munosabatlarni aralashtirib yuborishyapti.

“Microsoft” rahbari Satya Nadella pandemiya tufayli biznesda yuz bergan uchta global oʻzgarishlarni ushbu uchrashuvda qayd etdi.

1. Odamlar qanday hamkorlik qilishadi

Uchrashuvlar ishning asosiy qismi emas — asosiy ish ular oldida yoki undan keyin sodir boʻladi. Biroq, kollektiv ish virtual makonga oʻtishi bilan “haqiqatda yaratilgan ijtimoiy kapitalning koʻp qismi yonib ketadi”.

Shunga qaramay, jamoalar onlayn rejimda ishlashni davom ettirishlari mumkin. Biroq, bu koʻproq bilim yukini talab qiladi — bu muammoni hal qilish kerak.

2. Oʻquv jarayoni qanday?

“Korporatsiyalar — oʻrganish va bilim yaratishdir” deydi Nadella. Biroq, eski mexanizmlar yoʻqolmoqda. Endilikda kompaniyalar oʻz xodimlarining malakasini oshirishning yana-da samarali usullariga muhtoj.

3. Qanday qilib farovonlikka erishiladi?

“Biz shunchaki ishlashni xuddi shu tarzda oʻlchashni davom ettira olmaymiz”, deydi Nadella. “Microsoft” ning oʻz tadqiqotlariga koʻra, koʻpchilik odamlar, ayniqsa yosh ishchilar, atigi 30 daqiqalik video qoʻngʻiroqdan keyin “yonib ketishgan”. Ishdagi stresslar ishning samarasiga va xodimlarning sogʻligiga jiddiy taʼsir qiladi. Ushbu muammoni ham eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi.

“Microsoft” rahbari, shuningdek, uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun endi kompaniyalar yutuqlarini baholash uchun yangi tizimlarni yaratishi kerakligini taʼkidladi.

Omina Sharipova tarjimasi

Nashr qilingan sana: 01.08.2020