Moliya

O'qish vaqti: 13 daqiqa

Moliyaviy manbalar: inqiroz paytida nimani eʼtiborga olish kerak?

Inqiroz sharoitida bosimni yumshatish uchun biznes egalari korxonalar faoliyatining iqtisodiy tahlilini oʻtkazishlari kerak. Firmaning imkoniyatlari va mavqei toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi asosiy tarmoqlardan biri bu moliya sektoridir. Balansni oʻrganish biznesingizning kuchli va zaif tomonlarini bilib olishga yordam beradi.

Kompaniyaning moliyaviy resurslariga — korxonaning tasarrufidagi, qarzga olingan va quyidagilar uchun foydalaniladigan pul tushumlari kiradi.

  • ishlab chiqarishning joriy xarajatlari, uni rivojlantirish;
  • majburiyatlarni bajarish — ish haqi, soliqlar, ijara toʻlovlari, kreditlar.

Moliyaviy savodxonlik asoslariga quyidagilar kiradi.

  • kompaniyaning barcha xarajatlari va daromadlarini majburiy hisobga olish;
  • moliyaviy reja tuzish — qisqa va uzoq muddatli biznes maqsadlari;
  • qarzdan qutulish — inqiroz sharoitida minimal tashqi qarzga ega kompaniyalar omon qolish imkoniyatiga ega. Ideal vaziyat — barcha kreditlarni toʻliq toʻlash va kelajakda ulardan voz kechishdir;
  • xarajatlarni kamaytirish — xarajatlarni kamaytirishga yordam beradigan barcha bozor imkoniyatlaridan foydalanish: davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, foydali bitimlar tuzish va hk;
  • yangi daromad manbalarini izlash.

Tuzilish

Moliyaviy resurslar kapitalga va qarzga olingan, asosiy va aylanma mablagʻlarga boʻlinadi.

Jamiyatda paydo boʻladigan birinchi moliya turi bu muassislar tomonidan kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish paytida yaratilgan ustav kapitali. Qolgan resurslar foyda hisobiga koʻpaytiriladi.

Kompaniyaning oʻz moliyaviy manbalariga tegishli boʻlgan resurslar:

  • ustav kapitali;
  • taqsimlanmagan foyda;
  • aksiya sotuvidan olingan daromad;
  • tashqi moddiy yordam.

Qarz resurslari:

  • bank kreditlari;
  • boshqa kompaniyalar kreditlari;
  • investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olishdan tushadigan pul;
  • byudjetdan tashqari daromad;
  • qaytarish majburiyati boʻlgan byudjet tushumlari.

Buni muqobil tasnif qilish ham mumkin, ammo mohiyati bir xil boʻlib qolaveradi. Moliyaviy resurslarning belgilangan boʻlimlari yilning boshida va oxirida, chorakda, oyda dinamikada kuzatilishi kerak. Davr uchun foizli daromadni qanday hisoblash mumkin?

Pul davridagi oʻsish / davr boshidagi moliyaviy resurslar miqdori × 100%.

Masalan, yanvar oyida qarzlar 26 ming dollarni, birinchi chorak oxiriga qadar 32 ming dollarni tashkil etdi. Dinamika 6500 dollarga teng.

Chorak yakunlari boʻyicha korxona bank qarzdorlik boʻyicha eng koʻp oʻsishga erishdi. 2020-yilda mavjud boʻlgan inqiroz fonida kompaniyalar oʻz faoliyatini toʻxtatishga yoki sezilarli darajada qisqartirishga majbur boʻlganda, bunday oʻsish normal, ammo kreditlar har qanday iqtisodiy inqirozning asosiy sabablaridan biri boʻlib, tashqi qarzi eng kam boʻlgan firmalar oʻz bizneslarini saqlab qolish hatto uni oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tushkunlik davrida kompaniyaning asosiy vazifasi oʻz majburiyatlarini bajarishdir:

  • byudjetdan oldin;
  • qolgan kreditorlardan oldin.

Bugungi kunda  koʻplab davlatlar hukumati soliq toʻlovlarini kechiktirish va qayta moliyalash stavkasini pasaytirish boʻyicha  qator choralarni taklif qilmoqda. Ular biznesni qarzdan qutqarmaydilar, ammo hozirgi sharoitda ular boshqa maqsadlar uchun mablagʻlarni vaqtincha sarflashga, masalan, zaxira kapitalini shakllantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga va yangi talab qilinadigan segmentlarga kirishga, aksiyadorlar va investorlarni jalb qilishga va hokazolarga imkon beradi.

Moliya resurslarining asosiy koʻrsatkichlari

Biznes samaradorligini baholashning koʻplab usullari mavjud. Ular turli darajalarda kompaniyaning quyidagi yoʻnalishlarini aks ettiradi:

  • rentabellik;
  • tovar aylanmasi;
  • likvidlik;
  • bozor qiymati.

Aynan shu jihatlar boʻyicha tajribali investorlar sarmoyalashdan oldin kompaniyalarni koʻrib chiqadilar. Shu sababli, ularni kompaniya rahbariyati tomonidan toʻgʻri talqin qilinishi va keyingi boshqaruv qarorlari, u uchun yuzaga kelgan qiyin sharoitlarda biznesni qayta qurish uchun qoʻshimcha moliyaviy manbalarni olish imkoniyatini beradi.

Foydalilik

Koʻrsatkich korxonaning turli aktivlari rentabelligini namoyish etadi. Hisoblash formulasi:

Sof foyda / foyda keltiradigan aktivlar miqdori.

Hisoblash uchun balans maʼlumotlaridan foydalaniladi. Daromadlilik qanchalik yuqori boʻlsa, aktiv resurslaridan shunchalik samarali foydalaniladi. Masalan, sotishdan olingan foyda sof foydaning sof savdoga nisbati sifatida aniqlanadi. Daromadlilik nuqtayi nazaridan yana qaysi sohalar baholanmoqda:

  • investitsiyalar;
  • asosiy vositalar;
  • joriy aktivlar;
  • tenglik

Daromadlilik investorlar va tashkilot egalari uchun muhim koʻrsatkichdir.

Tovar aylanmasi

Bu kompaniya kapital va aktivlarni qanchalik samarali boshqarishini tavsiflaydi. Hisoblash uchun sizga kerak boʻladi:

  • daromad miqdori;
  • oʻrtacha yillik qiymatdagi aktivlar, kreditlar va debitorlik qarzlari miqdori;
  • tovar aylanmasi davri.

Hisoblash uchun maʼlumotlar 3-5 yil davomida olinadi. Natijalar asosida tayyor mahsulot (tovar, xizmat)ning pulga aylanish darajasi aniqlanadi. Tovar ayirboshlash darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, firma mavjud aktivlar va kapital bilan shuncha yaxshi ishlagan boʻladi. Yetarli darajada baholash uchun natijalarni bir xil sohadagi oʻxshash firmalar bilan taqqoslash kerak.

Chakana savdo sohasida tovar aylanmasi har doim past miqdorda boʻladi. Hozirgi inqiroz davrida kompaniya menejerlari onlayn xizmatlarni rivojlantirish, yetkazib berish, kontaktsiz sotish va hokazolarini yoʻlga qoʻymoqda.

Likvidlik

Mavjud aktivlardan qanday qilib kompaniyaning moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini aks ettiradi. Bir nechta likvidlik koeffitsiyentlari mavjud:

  • joriy — tavsiya etilgan chegaralar 1-3; agar indikator 1 dan kam boʻlsa, unda kompaniya bankrotlik yoqasida va agar u 3 dan yuqori boʻlsa, unda aktivlarning samarasiz taqsimlanishi mavjud;
  • tezkor — kontragentlar uchun muhim ahamiyatga ega. Koeffitsiyent 1 dan katta boʻlishi maʼqul;
  • mutlaq — kreditorlarga. Optimal diapazon 0,2-0,5 ga teng.

Bozor faoliyati

Bozorda firmaning mavqei uning qiymatini belgilaydi va segmentning asosiy nisbati aksiyalar qiymatidir. Aksiyalar narxi va uning dinamikasi boʻyicha investorlar kompaniya foydasi qanday oʻsib borayotganini aniqlashadi.

Qimmatli qogʻozlar narxidan tashqari, quyidagilar ham muhim:

  • dividendlardan olinadigan daromad — inqiroz davrida aksariyat korporatsiyalar dividendlarni kamaytiradi yoki dividend toʻlashdan bosh tortadi.
  • P / E multiplikatori — kapitalizatsiya foyda nisbati;
  • firmaning bozor qiymatini baholash uchun boshqa koeffitsiyentlar.

Qoʻshimcha

Yana qanday moliyaviy parametrlar firmaning inqirozli sharoitdan chiqib ketishini koʻrsatib beradi:

  1. Kapitalizatsiya — bu oʻz moliyaviy resurslarining qarzga olingan mablagʻlarga nisbati. Agar kapitallashuv kam boʻlsa, unda oʻz mablagʻlari kredit mablagʻlaridan ustun turadi, shuning uchun kompaniyaning bankrot boʻlish ehtimoli past.
  2. Inqirozgacha 1 dan yuqori kapitallashuv kompaniyaning tashqi moliya vositalaridan unchalik katta foydalanmasligini koʻrsatdi, demak u ishlab chiqarishni, innovatsiyalarni va boshqalarni kengaytirish imkoniyatlarini boy beradi, ammo hozirgi inqiroz sharoitida kapitallashuv 1 dan past boʻlgan kompaniyani iqtisodiy tanazzuldan omon qolish va hatto oʻz ulushini oshirishga qodir ekanligini koʻrsatmoqda.
  3. Moliyaviy mustaqillik — davr oxiridagi oʻz mablagʻlarining jami moliyaviy resurslarga nisbati. 1 dan ortiq boʻlishi mumkin emas. Koʻrsatkich qanchalik yuqori boʻlsa, korxonaning moliyaviy mustaqilligi shuncha yuqori boʻladi.
  4. Moliyaviy barqarorlik — oʻz mablagʻlari va uzoq muddatli qarzlarning umumiy moliyaviy resurslarga nisbati. Tavsiya etilgan diapazon 0,8-0,9.

Aksiyadorlar uchun hisobotda kompaniyaning moliyaviy resurslarining barcha koʻrsatkichlarini eng batafsil, oshkora va tushunarli tarzda ochib berish zarur. Investorlar shuni biladiki, kompaniyalar inqirozdan boshqalarga qaraganda minimal qarzlari va barqarorlik, likvidlik va kapitallashuvning maqbul koʻrsatkichlari bilan boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq yashaydilar.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 13.10.2020