Menejment

O'qish vaqti: 8 daqiqa

Muvaffaqiyatsizlikdan qanday qutulish, mavhumlikni yengish va odamlarga zarur bo‘lgan mahsulotlarni yaratish haqidagi tajribalar

“Schmit 16” biznes hamjamiyatining a'zosi va Payment Systems asoschisi Anatoliy Maryin bir nechta muvaffaqiyatsizliklardan so'ng product/market fit nima ekanligini anglab yetgan va Jeff Bezos usulidan foydalanib, qanday qilib qiyin qarorlar chiqarishni o'rganganligini tushuntirgan.

Keng omma oldida biznesdagi xato va kamchiliklar haqida gaplashish odatiy hol emas. Ko'pgina kompaniyalar o’z hikoyalarini faqat muvaffaqiyatlariga bag'ishlashadi. Ammo muvaffaqiyatli hikoyalari har doim ham haqiqiy foyda keltirishi va boshqa tadbirkorlarga haqiqatan ham yordam berishi mumkin emas.

Tadbirkorlikka qadam qo’yganimga unchalik uzoq bo'lmagan, ammo biznes karyeram davomida bir nechta kompaniyalar tashkil qildim. Ularning hammasi ham muvaffaqiyat qozonishmadi, lekin ularning har biri menga muhim bir narsani o'rgatdi. Ehtimol, mening muvaffaqiyatsizliklarimdan saboq olgan narsalar sizga o'zingizning xatolaringizdan qochishga yordam beradi. Ushbu maqolamizda tadbirkorlar boshidan kechiradigan vaziyatlar ularning tili bilan hikoya qilinadi.

1-dars. Mavhumlik bu tadbirkorlik yo'lining bir qismidir. Barcha xavflarni hisobga olmang, lekin aqlingiz bilan harakat qiling

Tadbirkorlik “safarlar”im boshida men uzoq vaqt davomida nima qilishni xohlayotganimni, qaysi kompaniyani tashkil etishni o'ylab yurardim. Keyin men hali ham konsalting,moliyaviy va operatsion modellarni hisoblashda ishladim. O'z biznesim bilan bog'liq savolga shu kabi yondashuvni qo'llashga qaror qildim.

Men barcha o'zgarishlarni tushundim. Ammo tavakkalchiliklarni hisoblash va minimallashtirishga o'rgangan tahlilchi sifatida men ayrim noaniqlikni yengib bo'lmasligini aniqladim.

Menda bugun uchun tasavvur bor, lekin ertangi kun uchun hech qanday kafolat yo'q edi. Men allaqachon shunga o‘xshash vaziyatga bir necha bor duch kelganimni ko'rdim. O'sha paytgacha men bir necha o'nlab biznes imkoniyatlarini o'rganib chiqqan edim. Har safar menda analitik jihatdan yengib bo'lmaydigan noaniqlik paydo bo'ldi. Va har safar orqaga chekindim.

 

Men bu ish ob-havo prognozi kabi noaniqligini angladim. Men xato qilishdan, raqam bilan tasdiqlanmagan qaror qabul qilishdan qo'rqdim.

Aslida, men karyeram davomida tanlovlarga duch keldim. Men tavakkalni o'z zimmamga olishga qaror qildim va bu qaror men uchun ham tadbirkor, ham jismoniy shaxs uchun muhim burilish nuqtalaridan biri bo'ldi. Natijada, biz bu imkoniyatdan ustalik bilan foydalandik.

 

2-dars. O'zingizning mahsulotingizga juda ham ishonsangiz ham, avval odamlar unga muhtoj yoki yo'qligini tushunib oling. Darhol odamlarni ishontirishga urinmang, birinchi galda ularning haqiqiy muammolarini hal qiling

Respiratorlar orqasidan omad kelgandan so'ng, men mijozlarning sodiqligini rag'batlantirishga qaror qildim. Biz Shoppoints mobil ilovasini ishga tushirdik, bu xaridorga oflayn joylarga tashrif buyurgani uchun mukofotni taklif qiladi. Kompaniya Rossiya fondidan 1,5 million dollar jalb qildi va bu startapimiz M.Video va X5 Retail Group kabi "yirtqichlarga" sotildi.

 

O'shanda Tinkoff Digital`ni tezlashtiruvchi va venchur fondini faol ravishda ishlab chiqqan Oleg Tinkov hatto kompaniyamizga sarmoya kiritmoqchi edi. Oleg 80 foizgacha sotib olish imkoniyati bilan nazorat paketini sotib olmoqchi bo’ldi, ammo biz yana yollanib ishlaydigan xodim bo'lishni xohlamadik. Biz o'zimizga va tadbirkorlik qobiliyatimizga ishondik va shuning uchun bitimdan bosh tortdik.

 

Men sodiqlik dasturi yaxshi ishlashiga, odamlar do'konga kelib, bizning mobil ilova orqali tarqatilgan mahsulotlarni sotib olishga ishontirdim.

Bizning bu harakatlarimizga qaramay, odamlar bizning mahsulotimizga yetarlicha muhtoj emasligini angladik. Mijozlar uzoq vaqt bu strategiyaga ishonganlariga qaramay, mahsulotdan muhim manfaatdorlik yo’q ekan, ular bu narsani tez unutishadi. Birinchi galda mijoz xohish-irodasi bo’lsa, u o‘zini comfort sezsa, mijoz o’zi sizni quvlab kelar ekan, bu narsa faoliyatim davomida anglab yetgan eng kata haqiqatlardan biri bo’ldi.

Shoppoints’ga parallel ravishda men StarCard’ni ham ishga tushirdim, bu menga o'zimning sodiqlik dasturimni yirik chakana sotuvchilar darajasida boshlashimga imkon berdi. Biz o'z yechimimizni Moskvadagi maqsadli bozorning uchdan bir qismiga sotdik. Bizning mahsulotimiz muammoning hajmini yana oshirib yubordi.

Natijada biz sarmoyadorlar bilan birgalikda kompaniyani yopishga qaror qildik. Shunda men tadbirkorlik faoliyatimning yana bir asosiy saboqlaridan birini o'rgandim: siz odamlarga ular osonlikcha qila oladigan narsaga muhtojligiga ishontira olmaysiz. Muvaffaqiyatli biznes bu mahsulotga bo‘lgan ishonch va foydalanuvchilarga bo‘lgan e'tibor o'rtasidagi muvozanatdir. Muvaffaqiyatli mahsulotni faqat tasavvuringiz asosida qura olmaysiz.

3-dars. Mahsulotingizni bozorni shiddat bilan aylanib chiqishga imkon beradigan qilib ishlab chiqaring

2015-yilda men jarimalarni to'lash bilan shug‘ullanadigan servisga kirdim, oyiga 70 ming dollar topardik, jamoa besh kishidan iborat guruh edi. O’shanda qiziqarli bir voqeaga duch keldim. Tajribamdan kelib chiqib, biznesning murakkabligi bir necha baravar past, foyda esa bir necha baravar yuqori edi.

Shu paytlari qilayotgan ishimizning qaysidir qismi noto‘g‘ri, deya o’ylab yurardim. Biz jarimalarni to'lash xizmatini soddalashtirishga, mobil versiya ishlab chiqishga qaror qildik. Chunki biz mobil Internetni yaxshi tushunardik.

Bir necha oydan so'ng ilovani App Store’ga joylashtirdik. Va shunda men birinchi navbatda product/market fit nima ekanligini ko'rdim.

Biz endigina boshlaganimizda dastur 300 kishi tomonidan o'rnatildi. Ikki kun ichida bu son 500taga yetdi. Biz optimallashtirishni amalga oshirdik, natijada yana 1 ming kishi dasturni yuklab oldi. Birinchi kundanoq to'lovlar va daromadlarga erisha boshladik.

Product/market fit (mahsulot yoki bozorga moslashish) – bu bozorda allaqachon foydalanilayotgan va yana ham ko’proq narsalar talab etilayotgan jarayon. Tadbirkor reklama va marketing bilan emas, balki shunchaki odamlarga zarur bo‘lgan narsalarni bergani uchun tez shuhrat qozonadi.

Siz bozorni egallashingiz uchun qulaylik yarating, mahsuldorlikni oshiring. Shunda mijoz sizni qo’llab-quvvatlaydi, sodiqligi oshadi. Bozoringiz esa ancha chaqqon bo’lib qoladi.

4-dars. Afsuslanishlarni minimallashtiring

Menimcha, hayot bu – yangi bilimlar va tajribani sinab ko'rish, xavf va noma'lum narsalarni bilish haqidagi o’ylarga bog’liq. Hayot tushunarli va shablonli yo'ldan yurish haqida emas.

Tadbirkorlik bu – qo’rquv emas, chunki xavf doim siz bilan birga yuradi. Inqiroz, omadsizlik kabi qo’rquvlar ortidan keladigan bosim va stress sizni qarorlar chiqarish va tavakkalchilik qilishdan to’xtatib qolmasin. Eng muhimi, boshlagan ishingizdagi to’g’rilik va vijdonan harakat qilish sizni har qanday tashvishlardan qutqarishiga ishoning.

Hozirgi daqiqalardan, bugungi noqulaylik va qo'rquvlardan chiqib ketish qiyindek tuyuladi. Bugungi kun, ayni paytdagi hayolingizdagi qo’rquv va g’ashliklardan voz keching va biznesmi, startapmi u, hoziroq u haqida, uning kelajagi, imkoniyat hamda yutuqlari haqida o’ylashni boshlang. Strategiya tuzing, ahil jamoani yig’ing va g’alaba qozoning.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 24.06.2020