HR

O'qish vaqti: 11 daqiqa

Professional va talabchan xodimlarni topa olish va ishga yollashda nomzodning mahoratini qanday aniqlash mumkin?

Kerakli xodimni topishda nomzodlarning qaysi asosiy ko‘nikmalari va kasbiy fazilatlari sizning biznesingiz uchun eng muhim ekanligini tushunishingiz kerak. O'zingizga yollamoqchi bo‘lgan juda ideal mutaxassisning "portretini" yarating. Uning ish majburiyatlari hajmini tahlil qiling, bu odam har kuni nima qiladi va qanday vazifalar berilishini hisobga oling. Ushbu omillardan kelib chiqib, vakansiya to'g'risidagi e’londa nomzodlarga qo'yiladigan talablarni hisobga oling.

Sotuv bo’limi uchun xodimlarini qanday izlash kerak?

Savdo sohasida ish beruvchilar uchun eng ko'p qidirilayotgan ish lavozimi bu – digital-marketologlar va savdo bo'yicha mutaxassislardir. Lavozim vazifalari va nomzodlarga qo'yiladigan talablar ro'yxatini tuzib, qidirish uchun eng mos kanallarni tanlang. O’zbekiston sharoitida bular:

  1. Hamkasblar va tanishlarning tavsiyalari.
  2. Job-saytlar (masalan, hh.uz va olx.uz ham bo’lishi mumkin)

Ko'pincha, rekruterlar ishchilarni raqobatchilar va hamkasblar orasidan qidiradilar. Biroq eng ommabop va samarali usul – bu onlayn reklama xizmatlarida nomzodlarni qidirish. Bunday saytlarda ko'p millionli auditoriya o'rni mavjud, ya'ni to'g'ri mutaxassisni topish ehtimoli eng yuqori.

Bo’sh o’rinni saytga joylashtiring va biroz kuting. Agar vakansiya shoshilinch bo'lsa, unda o’zingiz izlang. Buni amalga oshirish uchun saytdagi e'lonlarni qidirishdan foydalaning. Kalit so'zni kiriting, masalan "savdo", "savdo menejeri", "sotuvchi" yoki "kassir". Tizim sizning so'rovingiz uchun eng munosib rezyumeni taklif qiladi. Shuningdek, profilda sizning shahringizni, mintaqangizni ko'rsatishingiz va shu bilan sizga mos bo‘lgan eng munosib nomzodlarni qidirishingiz tavsiya etiladi.

Ommabop va obro'li xodimlarni qidirish saytlari odatda pulli reklama joylashtirish variantlarini taklif qilishadi. Masalan, bunday ularning quydagicha turlari mavjud:

  1. Bepul (yoki minimal to'lov bilan). Vaqt o'tishi bilan sizning reklamangiz takliflar ro'yxatidan pastga tushadi va uni topish qiyinlashib boradi.
  2. Arzon narxli saytlar. Bir necha kunda, reklama yangilanadi va avtomatik ravishda nashrning yuqori qismida paydo bo‘ladi yoki to'lov amalga oshirilgandan keyingi dastlabki bir necha kun ichida yuqori qismida qoladi.
  3. Premium (qimmat reklama). Sayt tomonidan belgilangan davr uchun bo'sh ish o'rinlari natijalarning yuqori qismida turadi. Foydalanuvchi tegishli kalit so'zni qidirishda birinchi ish beruvchiga tegishli vakansiyani ko’radi.

Rezyume ma'lumotlar bazasini izlash mutaxassislarni tanlash uchun juda muhimdir. Savdo bo'limining boshlig'i, marketing bo'yicha mutaxassis kabi mas’uliyatli bo'sh ish o'rinlari yuqori pozitsiyalarga joylashtirilishi kerak.

 

Rezyumeda nimalarga e’tibor berish kerak

Ishga yollash uchun murojaat etuvchilarning har biri o'ziga xos talablarni qo’yadi. Ba'zilar uchun, asosiysi - ish tajribasi, kimdir uchun - ta'lim va boshqalar. Umumiy va kerakli nyuanslar esa quyidagicha bo’ladi:

  1. Nomzod avvalgi ish joylarini qanchalik tez o‘zgartirgan. Agar har bir ish joyida u bor-yo'g'i 3-4 oy ishlagan bo’lsa, mantiqiy savol tug'iladi: "Nima uchun?", "Nima unga bunchalik tez ish almashtirishiga sabab bo’ldi?". Bundan tashqari, ushbu interval ko'pincha sinov muddatiga to'g'ri keladi. Ehtimol nomzod ishni uddalay olmagan bo’lishi mumkin. (Bunday nomzodlarni oxirgi o’ringa qo’yib, qayta ko’rib chiqish kerk)
  2. Oldingi ish beruvchilarning fikrlari. Ular har doim ham obyektiv emas. Nomzod o'zining mukammal tavsiyalarini berishiga amin bo‘lgan holda, oldingi rahbarning aloqalarini ishonchli tarzda ta'minlaydi. Aslida, oldingi xo'jayin juda notekis xarakteristikani beradi. Bunday eslatmada ogohlantirish bu yoki boshqa bayonotni tasdiqlovchi aniq misollar bo'lmasligi kerak. Ehtimol, sobiq menejerning ijobiy fikrlaridan uzoq bo‘lgan xodim to'liq malakali mutaxassisga aylanishi mumkin. Yana bir narsa, agar so'rovnomada ko'rsatilgan bir nechta aloqa xodimlari murojaat etuvchiga o'xshash xususiyatni berishsa, bu haqiqatga yaqinroq bo’lishi mumkin.
  3. Nomzodni tekshirish. Ideal holda, tekshirish ichki maxsus xizmat tomonidan amalga oshiriladi. Ammo kichik biznes odatda bunday qilmaydi. Bunday holda siz nomzodni moliyaviy sabab sudlanganligi yoki yo'qligini tekshiradigan, kredit tarixi, universitet ma'lumotlari va qo'shimcha ma'lumot to'g'risidagi ma'lumotlarning haqiqiyligini ko'rsatadigan onlayn xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin. Muddati o'tgan kreditlar bir nechta bo'lsa, bu talabnoma beruvchining mas'uliyatsizligini ko'rsatishi mumkin.

 

Qanday qilib kasbiy mahoratni tekshirish mumkin?

Rezyumeni tanlashda eng oddiy va birinchi filtr bu shaxsiy mahoratning mavjudligidir. Agar siz savdo-sotiq bo'yicha menejerning rezyumesini ko'rib chiqsangiz, bu uning tijorat taklifidir, unda u sizning kompaniyangiz uchun o’zining qiymatini ko'rsatadi. Munosib nomzodlar o'z rezyumelarini quyidagicha tuzadilar:

  • "Doimiy ravishda rejani bajara olgan";
  • "Rejadan ortib ketgan";
  • "Eng ko'p sota olgan";
  • "Asosiy mijozni olib kelgan" va hk.

Bunday ariza beruvchi kompaniya unga nima uchun kerakligini tushunadi. Uning nomzodini ko'rib chiqishga arziydi. Agar siz rezyumeda natijani ko'rsatmasdan turib: "harakat qilganman", "hamrohlik qilganman", "kelishganman" degan boshqa so'zlarni ko'rsangiz, demak, bu nomzod natijaga erishishga intilmayapti.

Savdo menejerlarining samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni yaxshiroq tushunish uchun suhbatda loyihaviy savollar berish tavsiya etiladi. Ya'ni aniq nomzod emas, balki ba'zi bir vaziyat haqida suhbatlashgan ma’qul. Misol uchun:

"Nega ba'zilari yaxshi ishlaydi, boshqalari esa yo'q?" Bunday savol uning motivatsiyasini tushunishga yordam beradi.

Savdo va marketing bo'limlari uchun yollashda, ular avval hal qilgan vazifalar haqida so'rash kerak. Jamoada erishilgan yutuqlar va munosabatlar masalasi ham dolzarbdir. Stressga chidamliligini tekshirish uchun siz javobni ko'rishni xohlagan holda kalitlarni yoki boshqa narsalarni tashlashingiz shart emas. U bilan sodir bo’lgan eng og'ir vaziyat qanday bo‘lganligi haqida so'rash kifoya (uni tasvirlashni so'rang).

Nomzodlarni saralash bo’yicha maslahatlar

Avvalo, natijalarni “o’chlik”, o'zgarishlarni qabul qilish va o'rganish qobiliyati kabi layoqatlarni hisobga oling. Bundan tashqari quyidagi omillarni batafsil ko'rib chiqing:

  1. Natija. Oddiy savol bering: "Sotuvda sizga nima yoqadi?", "Oxirgi ishingizda sizga nima yoqqan edi?" "Kompaniyada qanday natijalarga erishdingiz?" kabi savollarga konkret javob beradigan odamni tanlashingiz kerak.
  2. Intilish. Savol bering: "O'tgan yili biron bir maqsadingizga erisha oldingizmi?” Shunday qilib, siz odam qanday qilib o'z oldingizga maqsad qo'yishni bilishini, shuningdek, u qanday ambitsion ekanligini, ya'ni bu maqsadlar qanchalik katta ekanligini bilib olasiz. Agar nomzod sizga qancha maqsadlarga erishganligi, qanday bosqichlarga o'tganligini aytsa u eplab keta oladi. Agar u g’aliz va ikkilanib javob bersa, unda bunday nomzod olinmasligi kerak. Shuningdek, uning kelgusi yil oldidagi maqsadlari, ularni qanday amalga oshirishni rejalashtirayotgani va kompaniyangizda qanday yutuqlarga erishmoqchi ekanligi haqida ham so'rashingiz mumkin.
  3. O'zgarishlarni qabul qilish. Ushbu mezon tez sur'atlar bilan o'sayotgan kompaniyalar uchun ayniqsa muhimdir. Buni ish izlovchi ehtiyojlarini qanday aniqlashini so'rash orqali tasdiqlashingiz mumkin.
  4. O'rganish qobiliyati. Siz SMART (Maxsus, o'lchab bo‘ladigan, erishib bo‘ladigan, vaqtga bog'liq) kabi texnikani berishingiz va ushbu texnologiyadan foydalanib maqsadni belgilashi mumkinligini tekshirishingiz mumkin. Masalan, avtoulov huquqini olish yoki sotishni ko'paytirish va hk. Har doim yangi narsalarni tezda o'rganadigan va ularni darhol hayotga tatbiq qiladigan nomzodlarni tanlang.
  5. Oshirib ko’rsatish. Agar nomzod allaqachon sizning sohangizda yirik kompaniyalarda ishlagan bo'lsa, nomzodga ishonch hosil qilish uchun uni yaxshilab tekshiring. Rezyumeda yozilganlarni ish daftarida yozilganlar bilan solishtirish juda muhimdir, chunki hozirda ko'plab nomzodlar rezyumedagi barcha ishlarni ko'rsatmaydilar, shu bilan bozorda o'zlarining qiymatlarini oshirishga harakat qilishadi va ba'zi fikrlarni yashirishadi.

 

Yuqoridagi savol-javoblar faqatgina savdo xodimiga nisbatan ishlatilishi kerak. Call-markazi mutaxassisi va internet-do'kon menejeri istisno bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, sizning biznesingiz o’lchamiga qarab ham mezonlarni almashtirishingiz mumkin. Umuman olganda, professional xodim bilan uzoqroqqa bora olasiz, ko’zlagan maqsadlaringizga yetishasiz. Siz xodimni yelkangizda olib yurishingiz shart emas, shuning uchun faqat va faqat munosib odamni ishga yollashingiz kerak bo’ladi.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 30.06.2020