Shaxsiy rivojlanish

O'qish vaqti: 4 daqiqa

Muvaffaqiyatni belgilovchi shaxsiyatning 4 qoidasi

Kimgadir o‘xshash istagingiz bo‘lsa, uning doirasidan xabardor bo‘lishingiz muhim sanaladi. Hayoti, turmish tarzi, qiziqishlari, qadriyati va albatta fikri. Kamdan – kam insonlar bu borada to‘g‘ri tanlov qila olmasligi sababli, har sohada yo ikkinchi yoki uchinchi bo‘lishadi. Ba’zida umuman ko‘rinishi ham berishmaydi. Vaholanki, siz ideal bilgan insonning shaxsiyati uning yaqin va uzoq auditoriyasini belgilab berishini bilmaysiz ham.

BiznesRivoj onlany biznes jurnali endi nafaqat sizning fiziologik qarashlaringizni o’zgartirish balki ruxiy hislaringizni ham biznes bilan bog’lashga harakat qiladi.

Bugungi IQ treningimizning dastlabki mavzusi tanlov:

1 – qoida: Siz hozir qay darajada bo’lishingizdan qat’iy nazar, boy yoki kambag’almisiz, katta tenderda yutdingizmi yoki kasodga uchradingizmi o‘zingizning shaxsiy maqsadingizni belgilab olishingiz shart. Har qachon buni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi, albatta.

2 – qoida: Notebook yoki yon daftarchangizga yangi rejalaringizni yozib boring va ularning barchasiga erishish uchun harakatni boshlang. O‘zingizga ishoning, nonushtaga iste’mol qilayotgan taomlaringiz odatiy yoki shohona ekanligi haqida emas, siz o‘zingiz takrorlanmas inson ekanligingiz haqida o’ylang. Poyabzalni o‘ng tarafdan kiyishni boshlang va shunga odatlaning. O‘zingiz uchun omadning turli faktorlarini yarating. Unga ishoning va takrorlang.

3 – qoida: Hech ham yodingizdan chiqarmang sizning shaxsiyatingiz doim ijtimoiy yoki siyosiy tanlovlaringizga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Do‘st tanlashingizdan tortib, biror masalada kimga yoki nimagadir ovoz berishingizgacha. Shaxsiyatni anglash esa ichki kuch-qudratni yaxshiroq bilish, ojizlikni bartaraf qilishga yordam beradi. Bu o‘z navbatida boshqalarning siz haqingizdagi fikrlarini ham shakllantiradi.

 4 – qoida: Eslab qoling, shaxsiyatingizda asosiy mayoq bu vijdondir. Uning ustunligi ishda ham, hayotda ham sermahsul yashashga, tashabbuskor va ishonch qozonishga undaydi, muvaffaqiyat va halol biznes egasi bo‘lishingizga ko‘maklashadi. Amaliyotda bunday insonlar juda ham kam uchraydi lekin bu umuman yo‘q degani emas. Siz kam uchrasa ham qimmatli tadbirkorlar safidan joy oling.

 

Shu maqolani o‘qib bo‘lishingiz bilan qo‘lingizga qalam va kalendar olib bugungi kundan o‘zingizning shaxsiyatingizni tarbiyalashni boshlang. Yangi rejalar, odatlar va qadriyatlar yarating va ular sizga omad olib kelishiga ishoning.

Tajribali ruhshunoslarning fikrlariga ko‘ra bu usul 2 hafta davomida sizdagi o’zgarishlarni va muammolarni yuzaga chiqaradi. Yodingizga tuting, Siz eng omadli insonsiz – unday bo‘lmaganda mavjud bo‘lmas edingiz.

Nodirbek Mukimov

Nashr qilingan sana: 16.09.2020