HR

O'qish vaqti: 9 daqiqa

Xodimlar faolligini oshirishning 5 ta usuli

Xodimlarni faolligini oshirish hozirda dolzarb mavzudir. Kimdir bu ishchilarning sodiqligi, motivatsiya va ish vazifalaridan qoniqish bilan bog‘liqligini aytadi. Kimdir esa ish masalalari, ish hajmi kabi tashqi va ichki omillar ta’sir qilishini ta’kidlaydi.

 

Aslida, bu ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, bu yerda ish beruvchi xodimlarning har tomonlama rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishi kerakligi, o‘z navbatida xodimlar e'tiborini his qilib, o‘z yutuqlarini kompaniya faoliyati bilan bog‘lashi va uning samaradorligini oshiradigan tashabbuslarni qabul qilishga tayyor bo‘lishi talab etiladi.

Zamonaviy menejmentning asoschisi otasi Piter Druker kadrlar menejmentining muvaffaqiyatli asosini xodimlarning samarali ishlashga bo‘lgan mustaqil istagi deb ta'kidlagan. Baxtli va mamnun odamning yaxshiroq ishlashi haqiqatan ham IBM va Gallup mutaxassislari tomonidan isbotlangan bo‘lib, ular xodimlarning faolligi va ish samaradorligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aniqladilar.

Ko‘pgina tashkilotlar hali ham uzoqdan ishlashni yoki odatdagi ish sharoitlariga faqat maqsadli ravishda qaytishni afzal ko‘rishadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ofislarga qaytish ishchilarni jalb qilish darajasiga alohida e'tibor beradi. Koronavirusning yangi to‘lqinidan qo‘rqish va vahima, kelajakka ishonchsizlik va boshqa inqirozni kutish ish samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Umuman olganda, biz faol xodimning portretini quyidagicha qilib olamiz:

  • tashabbuskorlikni namoyon etadi va yangi vazifalardan qo‘rqmaydi;
  • “dedlayn” haqida unutmaydi;
  • kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga intiladi;
  • mas’uliyatli bo‘ladi;
  • tashkilotdagi barcha o‘zgarishlarni qabul qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi;
  • to‘liq ish bilan shug‘ullanadi va yuqori mahsuldorlikka erishadi;
  • rahbariyatning barcha takliflariga g‘ayrat bilan qaraydi;
  • ijrochi va mehnatsevar bo‘ladi.

Bunday xodim uchun uning ishi qadrlanishini, uning fikri eshitilishini, takliflar qo‘llab-quvvatlanishini bilishi va tushunishi muhimdir.

Buni inobatga olgan holda, menejerlar e'tiborlarini korporativ madaniyatni rivojlantirishga jalb qilishlari kerak, bu esa xodimlarning yuqori darajada faol bo‘lishini ta'minlaydi.

 

Xodimlarning faolligini oshirish mumkinmi?

Ha. Katta sarmoyalar umuman zarur emas. Asosiysi, har qanday ish uzoq muddatli istiqbol ekanligini anglash kerak.

  • Eng muhimi – xodim bilan aloqa o‘rnatishdir.

Ko‘pgina xodimlar kompaniyaning boshqa bo‘limlari haqida kam ma'lumotga ega ekanliklarini ochiq tan olishadi. Tahlilchilar xodimlarning 50% qismi kompaniyadagi jarayonlar yoki bo‘limlarning faoliyati to‘g‘risida tasavvurga ega emasligini aniqladi.

Eng yaxshi variant ichki tadbirlar tizimi bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishi korporativ tadbirlarni yoritishga qaratiladi. Har kuni uchrashish shart emas; bir yoki ikki haftada bitta uchrashuv yetarli. Maqsad – kompaniyaning turli yo‘nalishdagi faoliyatini yoritib berish, yutuqlar va ichki mikrosxemalar bilan o‘rtoqlashish, o‘z spikerlarini taqdim etish va bo‘limlar o‘rtasida ish profiliga aloqasi bo‘lmagan aloqalarni mustahkamlash.

 

  • Ish jarayonlariga qo‘shiling

Ba'zi menejerlar ish jarayoni yaxshi bilaman, degan xato tushunchalarda yurishadi. Loyihalar ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa, kompaniya shuncha faol rivojlanadi, siz bilmagan ba'zi bir jarayonlarni bajarish ssenariylari ko‘p bo‘ladi. Ichki haqiqatlarni tushunish uchun ixtisoslashgan mutaxassislardan ma'lumot so‘rang: ularning ishlarining tafsilotlarini, jarayonning qaysi bosqichiga qo‘shilishini, ularning vakolatlari jarayonning tezligi va sifatiga qanday ta'sir qilishini so‘rang. Bu ham ancha foydali.

  • Takliflarga ochiq bo‘ling

Faqatgina ixtisoslashgan va amaliyotchi mutaxassislar o‘zlarining ishlarini optimallashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishlari mumkin, masalan: qanday vositalar foydali bo‘lishi, nimani tashlab qo‘yish kerakligi, rejalashtirishga qanday yondashish ma’qul va hokazo. Tavsiya etilgan variantlarning barchasi ham foydali bo‘lmaydi. Biroq ba'zilarining kiritilishi ishning sifatini chindan ham yaxshilashi mumkin, shuningdek, menejer xodimlarning fikri va maslahatlarini tinglashga tayyor ekanligini bilish juda muhim va qimmatlidir.

 

  • O‘qitib boring

Ofis kutubxonasini yaratish yoki ixtisoslashtirilgan adabiyotlar almashinuvi tizimini tashkil etish, kompaniya to‘lashga tayyor bo‘lgan onlayn kurslar ma'lumotlar bazasini to‘plash, IT-uchrashuvlar tashkil etish bilan xodimlaringizni doimiy o‘qitib boring. Kompaniya ichida menejerlarni o‘sish imkoniyatiga e'tibor bering - shu bilan siz kompaniyaning ichki sferasi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlarning barcha tafsilotlarini yaxshi biladigan samarali menejerlarni ham saralab olasiz.

  • Yaxshi mehnat sharoitini ta'minlang

Har qanday ish beruvchi mumkin bo‘lgan darajada minimal qulaylikni yaratishga va zarur bo‘lgan hamma narsani berishga qodir. Ayrim tashkilotlarda odamlar o‘zlarini barcha ish yuritish materiallarini yoki hattoki ofis stullarini o‘zlari sotib olishadi. Tushliklarni tashkil etolmagan taqdiringizda ham, hech bo‘lmasa ofisda kofe va choyni tashkil etishingiz kerak. Odamlar kichik narsalarda ham o‘zlariga bo‘lgan hurmatni his qilishlari kerak.

 

Kadrlar bilan har qanday ish puxta va izchillikni talab qiladi. Agar siz dasturni to‘liq ishlab chiqishga qodir bo‘lmasangiz, unda alohida joylarni tuzating, hamkasblaringiz bilan muhokama qiling va mas'ul shaxslarni tayinlang. Aynan ertangi istiqbolli kun uchun bugun harakat qilish kerak bo‘ladi.

Kamoliddin Abdullayev tarjimasi

Nashr qilingan sana: 26.09.2020