Yangiliklar

 13:13 13.01.2021 O'qish vaqti: 2 daqiqa

CES-2021: "Razer" aqlli niqobni namoyish etdi

Har yili yanvar oyida Las-Vegasda  oʻtadigan CES (Consumer Electronics Show ) xalqaro koʻrgazmasi bu gal koronavirus tufayli  Internet orqali tashkil qilindi. Unda kompaniyalar pandemiyaga qarshi kurashda oʻz hissalarini qoʻshishga harakat qilmoqdalar.

Oʻyin aksessuarlari ishlab chiqaruvchi “Razer” kompaniyasi koronavirus va boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun moʻljallangan va shu bilan birga odamlarga odatiy turmush tarzini davom ettirishiga yordam beradigan Project Hazel niqobining konsepsiyasini taqdim etdi.

“Razer” bir nechta yangiliklarni ilgari surdi. Avvalo, shaffof yuz niqobi orqali muloqot paytida odamlar nafaqat koʻzlarni, balki yuzning qolgan qismini ham koʻrishlari mumkin.  Yuzga qolipday tushadigan bunday niqoblarning  ichiga mikrofon va tashqi karnay joylashtirildi, bu niqob kiygan odamning nutqini kuchaytirishga yordam beradi.

Niqobda N95 respiratorlari singari olinadigan filtr tizimi ishlatilgan.  Bu  kislorod yetishmasligining oldini oladi. Ventilyatorlar vaqti-vaqti bilan olib tashlanishi va quvvat oladigan maxsus idishga joylashtirilishi kerak, ular bir vaqtning oʻzida ultrabinafsha nurlari bilan dezinfeksiya qilinadi.

“Razer” bunday niqoblar hali ishlab chiqish jarayonida ekani haqida ogohlantiradi - dizayn yakunlanmoqda va tobora yangi xususiyatlar qoʻshilmoqda. Shu sababli kompaniya hozircha bu turdagi mahsulotning narxi yoki taxminiy chiqish sanasini eʼlon qilgani yoʻq.

Manba:hi-tech.mail.ru