Yangiliklar

 14:29 21.11.2020 O'qish vaqti: 1 daqiqa

“Futu Holdings” kompaniyasi aksiyalari o'sdi va Lif Li boyligi keskin ortdi

Pandemiya paytida Gonkongdagi “Futu Holdings” onlayn vositachiligiga qoʻshilishni boshlagan xitoylik chakana sarmoyadorlar kompaniya aksiyalari keskin koʻtarilib, uning asoschisi Lif Xua Li boyligi qariyb 460 foizga oshishiga hissa qoʻshdilar.

Futubull va Moomoo savdo dasturlarini boshqaradigan  “Futu Holdings” ning Nasdaqʼdagi aksiyalari 46,51 dollarga yetdi. “Forbes” hisob-kitoblariga koʻra, kompaniyaning 40 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi 44 yoshli Lif Lining boyligi hozirda 2,3 milliard dollarni tashkil etadi . Karantin qoidalari Xitoyda yumshatilgan boʻlsa-da, “Futu Holdings” hali ham investorlarni jalb qilishda davom etmoqda.

“Futu Holdings” platformaning roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari uchinchi chorakda deyarli 1,2 million kishiga koʻpayganligini maʼlum qildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 80 foiz yuqoridir. Shunday qilib, kompaniyaning sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18 baravar koʻpaygan.

Manba:Forbes.com

O'xshash maqolalar