Yangiliklar

 14:30 21.11.2020 O'qish vaqti: 1 daqiqa

My UZTELECOM dasturidan foydalanuvchilarga qo'shimcha imkoniyatlar taqdim etildi

Joriy yilning 31-dekabrigacha  My UZTELECOM dasturini oʻrnatgan va undan foydalanishni boshlaganlar uchun qoʻshimcha internet-toʻplamlari taqdim etiladi.

Xizmatlarni boshqarish qulayligi vaqtdan unumli foydalanish garovidir. Xuddi shunday, «Oʻzbektelekom» AK  My UZTELECOM mobil ilovasi orqali barchaga vaqtni tejash va xizmatlarni bemalol boshqarishda yordam berishni maqsad qilgan. Uning yordamida siz tarif rejasini oʻzgartirishingiz, qoʻshimcha xizmatlarni ulashingiz, balans va limitlarni boshqarishingiz, shuningdek, UZTELECOM xizmatlarida turli operatsiyalarni bajarishingiz mumkin.

Ilova qulay toʻlov tizimi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, uning yordamida toʻlovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul oʻtkazish va xarajatlarni kuzatish imkoniyati mavjud.

GSM standartidagi UZTELECOM abonentlari uchun maxsus sovgʻa ham bor. 31-dekabrga qadar siz «My UZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va BONUSLAR oling» aksiyasida qatnashishingiz va maxsus bonuslardan foydalanishni boshlashingiz mumkin.

Manba: spot.uz

O'xshash maqolalar