“BiznesRivoj” onlayn jurnali universal SMM menejerlik kurslarini e’lon qiladi

SMM menejeri kim?



SMM menejer (inglizcha “Social Media Marketing” –  ijtimoiy media marketing) – bu ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya, brend yoki mahsulotni reklama qiluvchi mutaxassis bo’lib, bozorda eng katta talabga ega bo’lgan TOP-10 ta kasblar ro’yxatiga kiritilgan.

U qanday vazifalarni bajaradi?
SMM menejerning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Kompaniya, brend va individual obyektlar yoki - shaxslarni targ'ib qilish strategiyasini ishlab chiqadi; 
- Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochadi va uni reklama qilish bilan shug’ullanadi; 
- Ijtimoiy tarmoqlar va bloglar uchun tarkib (kontent) yaratadi. Obunachilarni jalb qiladi va guruhlarning auditoriyasini oshiradi;
- Auditoriya bilan aloqa o'rnatadi va ularning harakatlarini kuzatadi (tanlovlar, anketa va boshqa qiziqarli aksiyalar o’tkazib turadi);
- Reklama kampaniyalarini olib boradi. Tahlil va hisobotni taqdim etadi.

Agar siz – …
- Yangi va zamonaviy kasbni o’rganmoqchi bo’lsangiz va uydan turib ham ishlashni xohlasangiz; 
- Yuqori maoshli kasbga ega bo’lishni va mehnat bozorida talabgor bo'lishni istasangiz;
- Onlayn do'kon, onlayn maktab ochish yoki mavjud bo'lgan biznesda mijozlar oqimini ko'paytirish istagingiz bor bo’lsa; 
- O’zingiz kreativ g’oyalar asosida shaxsiy blog va sahifangizni yuritmoqchi bo’lsangiz;
- Shaxsiy biznesingiz uchun o’zingiz SMMni yuritmoqchi bo’lsangiz – ushbu kurslarda aynan siz uchun mo’ljallangan!

Darslarni eng malakali mutaxassislar olib boradi. 

SMM darslaridan  “United Marketing” agentligining onlayn bo’limi boshlig’i, tajribali marketolog Malika Yusupova saboq beradi.

Ushbu fandan Siz:
Facebookda ishlash – bu bo’limda sahifa yaratish va targ'ib qilishdagi barcha vosita hamda detallarni o’rganib chiqasiz, bundan tashqari, postni qanday tayyorlash kerakligi, qanday turdagi xabarlar mavjudligi va sotuv matni qanday tayyorlanishini o’rganasiz.
Instagramda ishlash bo'limida Instagram, uning algoritmlari, postlar namunalari, auditoriya va ular bilan ishlash vositalari haqida eng kerakli tushunchalar berib boriladi.
Telegramda ishlash bo'limida botlar yaratish va ularni boshqarish, reklama turlari, uning imkoniyat va funktsiyalari  haqida bilimlar beriladi. 
Tarkib (kontent) rejasi va matn bo'limda biz tarkib turlari, nima uchun xilma-xillik kerakligi, tarkibni to’g’ri qilish va matnni qanday yozishni o’rganasiz.

“BiznesRivoj” onlayn jurnalining bosh grafik dizayneri Azim Ganiev foto va video kontent uchun kerak bo’ladigan – Adobe Photoshop, Premiere Pro, After Effects, Illustrator dasturlarida ishlash va kreativ material tayyorlashni o’rgatadi.
 
Bundan tashqari, kurs rejasida tinglovchilarga rezyume yozish, portfolio tuzish va mijozlar bilan aloqa bloklarini o’rnatish darslari ham kiritilgan.

Kurslar 14-iyul kunidan boshlab 2 oy davomida seshanba va payshanba kunlari 18:00 dan 20:00 ga qadar davom etadi. Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

Keling, saboq oling va eng yaxshi mutaxassisga aylaning!

Kurs yakunida barcha ishtirokchilar diplom bilan taqdirlanadi. Eng iqtidorli bitiruvchilar esa ish bilan ta’minlanishi kafolatlanadi. Shoshiling, joylar soni cheklangan. Unutmang – bilim eng yaxshi kapital!


Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani Chust ko’chasi “C-Space” kovorking markazi. 

Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99894 364-88-88