Nima uchun buxgalterlik kasbini o'rganish kerak?

Nima uchun buxgalterlik kasbini o'rganish kerak?

Har bir boshlangan ish hisobli va tartibli bo’lsa – undan nimadir kutish mumkin bo’ladi. Bugungi kun tadbirkorlardan nafaqat hisob-kitob va biznes borasidagi bilimlarni, balki eng kichik hisob detallarigacha xabardor bo’lish yoki ana shunday bilimli mutaxassis xizmatlaridan foydalanishni talab qilmoqda. Ko’plab kompaniyalar ish tashkil qilishdagi yutuqlari hisob-kitob, nazorat, soliqlar hisobini noto’g’ri yuritilishi oqibatida qiyin vaziyatga tushib qoladi.

Bu kasbni qayerdan o’rgansa bo’ladi?

“BiznesRivoj” jamoasi bir nechta sohalar bo’yicha kadrlar tayyorlash va o’qitishni boshlab yuborganidan xabaringiz bor. Bir qancha talab va takliflarni hisobga olgan holda yangi o’quv kursini tashkil etishga kirishildi. Jamoamiz o’z sohasining eng kuchli mutaxassis bo’lgan ustozlarni jalb qilgan holda – buxgalteriya kursini ochmoqda.

Ushbu kurslar davomida Siz buxgalteriya hisobining asoslarini, buxgalterlar uchun 1-C dasturidan foydalanishni o'rganasiz. Kurs muvaffaqiyati buxgalterlar uchun keng qamrovli o'quv dasturiga asoslanadi. Dastur nazariy tayyorgarlikni va ko'plab amaliy muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi. Mutaxassisimiz katta ish tajribasiga ega bo'lib, noldan balansgacha buxgalteriya mashg'ulotlarini olib boradi, buxgalteriya hisobining barcha sohalarini (bank va oylik hisobi, soliqlarni hisoblash va to’lash, hisobotlar tayyorlash va ularni mustaqil yuborish) o'rganadi.

Tadbirkorlarning o’zlari ham o’rgansa bo’ladimi?

Agar siz o'z biznesingizni boshlayotgan bo'lsangiz, buxgalterlar uchun kurslar juda foydali bo'ladi. Ko'pgina tadbirkorlar o'z korxonalarida hisoblarni mustaqil ravishda yuritish yoki moliyaviy oqimlarni boshqarish uchun buxgalteriya kurslarini tugatishga qaror qilishadi. Ayni ushbu kurs Siz uchun foydali bo’lishi mumkin.

 

 

Necha oyda mutaxassis bo’lib yetishish mumkin?

Ushbu kursimiz 4 oyga mo’ljallangan bo’lib, haftasiga 3 marta 2,5 soatdan davom etadi. Kurs uchun to’lov oyiga 700 000 so’mni tashkil etadi. Kurs davomida olgan bilimlaringiz bilan bemalol shu sohada ishlashingiz mumkin bo’ladi. 

Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, joylar soni chegaralangan. Eng talabgor va zamonaviy kasblardan biriga ega bo’ling. Unutmang, bilim – eng yaxshi kapital.

Batafsil ma’lumot uchun telefon – +998 94 364-88-88